I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va olinishi


Download 71.59 Kb.
bet7/17
Sana31.01.2024
Hajmi71.59 Kb.
#1828059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va-www.hozir.org

Malaxit – Cu2[CO3][OH]2 yoki CuCO3·Cu[OH]2. Grekcha “malaxe”- gulxayri demakdir. Shu o‘simlik rangiga o‘xshaganligi uchun shunday nom berilgan. Kimyoviy tarkibi CuO 71,9% (Cu 57,4%), CO2 19,9%, H2O 8,2%. Juda kam miqdorda CaO, Fe2O3,SiO2 va boshqalar borligi ham aniqlanadi. Malaxitning rangi yashil. Chizig‘i och yashil. Yaltirashi shishadek, olmosdek, tolasimon xillarida ipakdek. Qattiqligi 3,5-4. Mo‘rt mineral. Ulanish tekisligi {201} bo‘yicha mukammal, {010} bo‘yicha o‘rtacha. Solishtirma og‘rligi 3,9-4,0.

Diagnostik belgilari. O‘ziga xos yashil rangiga, ko‘pincha, oqiqshaklda bo‘lishiga va tolalarningradiak shu’lakabi tuzilishiga qarab oson bilinadi. O‘ziga birmuncha o‘xshab ketadigan xrizokolla (mis gid­ro­silikati) dan fosforkalsitdan (mis fosfati) va boshqa misningyashil rangliminerallaridan xlorid kislotada o‘zgarishigaqarab ajratiladi.
Malaxit faqat mis sulfidi konlarining oksidlanish zonasida paydo bo‘ladi; ayniqsa, agar ular ohaktoshlar orasida yotgan bo‘lsa yoki bir­lamchi rudalar tarkibida karbonatlar ko‘p bo‘lsa, uning paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Oksidlangan mis rudalarida eng ko‘p tarqalgan mineral hisoblanadi.


Amaliy ahamiyati. Malaxitning, ba’zan, katta massalar holida topiladigan oqish shakldagi xillari har xil bezak ishlarida qo‘llaniladi va hashamdor buyumlar – guldonlar, qutichalar, stollar ishlanadi. Malaxit­ning mayda kukunlari bo‘yoq tayyorlash uchun ishlatiladi.

Azurit – Cu3[CO3]2.[OH]2 yoki 2CuCO3.Cu[OH]2. Nomi fran­suzcha “azure”- lojuvard, havorang so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi: mis koki (mis lazuri). Kimyoviy tarkibi - CuO 69,2% (Cu 55,3%), CO2 25,6%, H2O 5,2%. Kristallari kimyoviy jihatdan toza. Mayda kristallar druzasi, yaxlit donador massalar, ba’zan radial shu’la kabi tuzilgan agre­gatlar va tuproq­simon holatda topiladi. Azuritning rangi to‘q ko‘k, tuproq­simon massalari havorang. Chizig’i havorang. Yaltirashi shisha kabi. Qattiqligi 3,5-4. Ulanish tekisligi {001} bo‘yicha mukammal, {100} bo‘yicha mukammal emas. Solishtirma og‘irligi 3,7-3,9.


Download 71.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling