I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va olinishi


Download 71.59 Kb.
bet8/17
Sana31.01.2024
Hajmi71.59 Kb.
#1828059
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va-www.hozir.org

Diagnostik belgilari. O‘ziga xos ko‘k rangiga va malaxit ham mis­ning boshqa kislorodli birikmalari bilan bir assotsiatsiyada topilishiga qarab osonlikcha bilinadi.

Amaliy ahamiyati. Misning boshqa kislorodli birikmalari bilan birga metallurgiya pechlarida mis eritish uchun ishlatiladi. Toza azurit agar kattaroq massalar bo‘lib topilsa, ko‘k bo‘yoq tayyorlash uchun ishlatiladi.

Feruza – CuAl6[PO4]4[OH]8· 5H2O. Sinonimi: kallait (feruzaning qadimiy nomi). Temirga boy (Fe2O3 20-21%) xili rashleit deb atalgan.Kimyoviy tarkibi – CuO 9,57%, Al2O3 36,84%, P2O5 34,12%, H2O 19,47%. Bundan tashqari yana har xil aralashmalar ham bo‘ladi. Singoniyasi triklin; simmetriya ko‘rinishi pinakoidal. Ko‘pincha yashirin kristallangan massa holida buyraksimon shakllar yoki qobiq tomirchalar va noto‘g‘ri shaklli buyumlar holida tarqaladi. Feruzaning rangi havorang - ko‘k, olmadek yashil, yashilroq kulrang. Yaltirashi mum kabi. Qattiqligi 5-6. Ancha mo‘rt. Ulanish tekisligi {001} bo‘yicha mukam­mal, {010} bo‘yi­cha o‘rtacha. Singan yuzasi bir oz chig‘anoq sirtiga o‘xshab ketadi. Solish­tirma og‘irligi 2,60-2,83.

Diagnostik belgilari. Rangi va mum kabi yaltirashixarakterlidir. Lekin ko‘p paytlardao‘ziga o‘xshagan xrizokolla bilan misning boshqa minerallaridan ajratish uchun kimyoviy reaksiyalar o‘tkazish lozim. Feruza nurash sharoitlarida yer yuzidagi misli eritmalarning glinozem (dala shpatlarida va boshqalarda) bilan fosforga (apatit va boshqa birikma­lar­dagi) boy bo‘lgan tog‘ jinslariga ta’sir etishidan, ko‘pincha limo­nit bilan birga hosil bo‘ladi. Feruzaning hayvonlarning qazilma suyagi va tishi hiso­biga paydo bo‘lgan hollari ham ma’lum (“suyak feruza” yoki odontolit).
Eng yaxshi feruza bir necha yuz yillar davomida Madan konidan (Erondagi Nishopur shahri yaqinida) chiqarilar edi. Bu yerda u limonit bilan birga nurab ketgan magmatik jinslar – traxitlar orasida noto‘g‘ri shak­lli buyumlar va yupqa tomirchalar bo‘lib yuzaga keladi. Feruza qimmatbaho tosh sifatida bu yerdan Turkiya orqali Yevropaga yuborilar edi. Bundan tashqari Vadi-Magara (Sinay yarim orolida) va Qora Tepa (Samarqanddan janubda) kabi konlari bor.
Feruzaning rangi chiroyli (havorang-ko‘k), uning xillaridan bezak buyumlari tayyorlanadi.

Download 71.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling