I. asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va olinishi. I misning fizikaviy va kimyoviy xossalari


Download 0.5 Mb.
bet26/31
Sana14.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#173898
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
2 5195369703131841497

Kimyoviy xossalari;

Kimyoviy reaksiyalarda kuchsiz amfoterlik xususiyatlarini namoyon qiladi.

Kislotalar bilan oson ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi.

Mis gidroksidning xossani o’rganish uchun cho’kmani eritmasi bilan birga chayqatib, uchta probikaga barobar qilib bo’ling. Ularning birinchisiga suyultirilgan xlorid kislota, ikkinchisiga kuchli ishqor va uchinchi probirkaga esa kuchli ammiak ta’sir ettiring. Hosil bo’layotgan eritmalar rangiga etibor berib, reaksiya tenglamalarini yozing.

1) Cu(OH)2+2HCl=CuCl2+2H2O.

2) Cu(OH)2+NaOH=Na2[Cu(OH)4(H2O)2]

3) Cu(OH)2 + 4NH3  [Cu(HN3)4](OH)2

Cu(OH)2 +2 HNO3 = Cu(NO3)2 + 2HOH

Cu(OH)2 + 2CH3COOH = (CH3COO)2Cu + 2HOH

Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + 2H2O.

Cu(OH)2 +H2S=CuS↓+2H2O

Mis (II) gidroksid juda kuchsiz asosdir. Shuning uchun ikki valentli mis tuzlarinig eritmalari ko’pchilik hollarda, kislotali reaksiyaga ega bo’ladi, mis (II) gidroksid, kuchsiz kislotalar bilan reaksiyaga kirishganida gidrokso tuzlar hosil qiladi. Mis (II) gidroksid ammiakda erib tarkibida [ Cu(NH3)4]++ ionlar va gidroksil ionlari bo’ladigan to’q ko’k eritma hosil qiladi

Cu(OH)2+4NH3=[ Cu(NH3)4]++ +2OH

Hosil bo’ladigan eritma sellulozani ( paxta, filtr qog’oz va shu kabilarni) eritish qobilyatiga ega bo’lib, sun’iy tolalardan bir xilini tayyorlashda ishlatiladi. Bu usulda sellulozaning o’ziga xos xususiyatiga mis ikki oksidning ammiakdagi eritmasida[ Cu(NH3)4](OH)2 da erish xususiyatiga asoslangan. Bu eritmaga kislotalar ta’sir ettirilib, undan selluloza gidrat selluloza tarzida ajratib olinadi. Tola iplari mis ammiakli eritmani fileralar orqali cho’ktirish vannasiga siqib chiqarish yo’li bilan olinadi.



Mis (II) gidroksid gidroksilamin yoki gidrazin gidrati bilan reaksiyaga kirishib qizil rangli mis bir oksidni hosil qiladi. Bunda mis qaytariladi. Ta’sirlashish reaksiyalari quyidagicha bo’ladi;

Mis (II) gidroksid ham ishqorlarning juda konsentrlangan eritmalarida erib ko’k gunafsha tusli eritmalar – kupritlar, yani tarkibida ko’mpleks ion [Cu(OH)4]2- bo;ladigan tuzlar eritmalarini hosil qiladi.

Cu(OH)2+2NaOH=Na2[Cu(OH)4 ]

Yoki, ionli shaklda yozilsa, quyidagicha bo’ladi:

Cu(OH)2+2OH- = [Cu(OH)4]2-

Bu reaksiyaning ko’mpleks hosil bo’lishining yuqorida aytib o’tilgan hollardan farqi shundaki, bu yerda mis ikki ioni o’ziga elektroneytral molekulalarni emas, balki to’rta manfiy zaryadli OH- ionlarini biriktirib oladi. Buning natijasida ko’mpleks kationlar emas, balki ko’mpleks anionlar hosil bo’ladi. Kupritlar nihoyatda beqaror bo’lib, ularning ishqorlardagi eritmalariga suv qo’shib suyultirilsa kupritlar batamom ajralib ketadi va yana mis ikki gidroksid cho’kmasini hosil qiladi. Shunday qilib, mis ikki gidroksid ishqorlarda erib, malum darajada kislotalik xossalarini namoyon qilsa ham, ammo uning bu kislotalik xossalari juda zaif bo’ladi.

Mis gidroksid suspenziyasi kuchsiz kislota va ularning angidiridlari bilan ta’sirlashganda gidrokso gruppali tuzlar hosil qiladi. Masalan; malaxitni hosil bo’lish reaksiyasini aytish mumkin.

2Cu(OH)2 + CO2 = (CuOH)2CO3 + H2O.



. Misning ikki valentli biror tuzi eritmasini olib , natriy ishqori eritmasidan mis (II) gidroksid cho’kmasini batamom cho’kkuncha qo’ying. Mis (II) gidroksidning xossasini quyidagi reaksiyalar bilan tekshiring.

  1. Qizdirishga munosabati. Buning uchun reaktivdan quruq probirkaga ozroq olib, qizdirib ko’ring.

  2. 30 % li natriy ishqori eritmasini ta’sir ettiring.

  3. 25 % li ammiak eritmasini ta’sir ettiring.

  4. 2 % li xlorid kislotasini ta’sir ettiring.

Hamma reaksiyalarini kuzatib, reaksiya tenglamalarini yozib,

izohlang.

Cho`kma xossalarini tekshiring.


  1. Cho`kma uzoq vaqt qizdirilganda qora rangli mis oksidi hosil qilib parchalanadi

Cu(OH)2  CuO + H2O.

  1. Cho`kma mineral kislorodlarda eriydi:

Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + H­2O.

Cu(OH)2 +2H+ = Cu2+ + 2H2O.

Cho`kma NH4OH eritmasi ta`sirida eriydi.

Cu(OH)2 + NH4OH [Cu(NH3)4(H2O2)](OH)2 +2H2O



Mis. Er qobig‘ida 0,01% bo‘ladi. Erkin holida va birikmalar holida uchraydi. Inson misdan juda qadimdan foydalanib keladi. Misrliklar eramizdan 4ming 5ming yil avval ham mis qazib oliib ishlatganlar, xatto ular misga qalay qo‘shib, bronza hosil qilganlar. Misning tabiiy birikmalari qatoriga mis yaltirog’i Cu2S, mis kolchedani CuFeS2, (yani xalkopirit Cu2S∙Fe2S3, qizil mis rudasi Cu2O

( kuprit), malaxit CuCO3∙Cu(OH)2 lar kiradi. O’zbekistonda har yili 8000 tonna mis ishlab chiqariladi.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling