I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Tabiiy yog’ va moylarni parchalash asosida olinadigan
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1.1. Glitserinning fizik xossalari.
Tabiiy yog’ va moylarni parchalash asosida olinadigan
glitserinning chiqishi Yog' va moylar Glitserinning chiqishi, % Yog' va moylar Glitserinning chiqishi, % Indov moyi 9,7 Pal'ma moyi 11,0 Kastor moyi 9,8 Kokos moyi 13,0 Makkajo`xori moyi 10,4 Pal'moyadro moyi 13,3 Soya moyi 10,4 Mol yog’i 10,7 Kungaboqar moyi 10,4 Cho`chqa yog’i 10,6 Zig’ir moyi 10,5 Ilik yog’i 10,5 Paxta moyi 10,6 Kit yog’i 10,0 Yog’larning gidrolizi jarayoni amalda bosqichli amalga oshadi, bunda oraliq mahsulotlar sifatida diglitseridlar va monoglitseridlar ham hosil bo`ladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarishda yog’larni gidrolizlashning asosini ikki usuli qabul qilingan: - avtoklavlarda 220-225 0 С harorat va 2,0-2,5 МPа (20-25 atm) bosim ostida yog’larni reaktivsiz parchalash usuli; 184 - katalizatorlar ishtirokidagi kontakt usuli (Petrov kontakti va sul'fat kislotasi ishtirokida 100 0 C harorat va normal atmosfera bosimi ostida). Yog’larni gidrolizlash natijasida olinadigan glitserinli suvlar tozalanib, xomaki (texnik) glitserin olish maqsadida vakuum-apparatlarida bug’latib kontsentrlantiriladi. Xomaki glitserin vakuum ostida o`tkir bug’ yuborilib distilyatsiyalash usulida tozalanadi. 3.1.1. Glitserinning fizik xossalari. Glitserinning kristallizatsiyalanishi uchun optimal harorat -7 0 C hisoblanadi. Glitserin kristallari 17 – 20 0 C da suyuladi. Kimyoviy toza glitserin tiniq, rangsiz, quyuq suyuqlik. Ta`mi shirinroq. Glitserin juda ham gigroskopik va havodan 40% ga yaqin namlikni yutishi mumkin. Suv bilan cheksiz nisbatlarda qo`shiladi va bunda aralashmaning qizishi va hajmining kamayishi kuzatiladi. 15 0 C da 100%-li glitserinning zichligi 1265,57 kg/m 3 . 15-30 0 C intervalda haroratning har 1 0 C ga o`zgarishi glitserin zichligining 6,7 kg/m 3 ga o`zgarishiga olib keladi. Glitserin metil va etil efirlari bilan aralashadi, atsetonda, xloroform – metanol (1:1), spirt – dietil efir (2:1) aralashmalarida eriydi. Ko`pgina noorganik moddalar – KON, Na Cl, Na 2 SO 4 , Ca(OH) 2 , og`ir metallar tuzi va h. k. lar glitserinda eriydi. Glitserinda normal atmosfera bosimi sharoitida turli gazlar turli miqdorda erishi mumkin. Bu glitserinning kontsentratsiyasi va haroratiga bog`liq. Gazlarning maksimal eruvchanligi glitserinning 80%-li suvli eritmasida kuzatiladi. Glitserinda qator organik moddalar, yuqori haroratda esa shu jumladan yog` kislotalari va glitseridlar ham eriydi. Bunday eritmalar sovutilganda ulardagi glitseridlar deyarli to`la ajralib chiqadi, yog` kislotalari esa molekulyar massasiga bog`liq ravishda juda kam miqdorda erigan holda ham qolishi mumkin. Glitserinning suvli eritmalari sovutilganda 0 0 C dan past haroratda muzlaydi. Bunday eritmalarning muzlash harorati ularning kontsentratsiyasiga bog`liq. Glitserining 66,7%- li eritmasi eng past muzlash haroratiga (-46,5 0 C) ega. 185 Toza glitserin odatda 150-160 0 C da qizdirilganda asta–sekinlik bilan bug`lana boshlaydi. Agar glitserin yoqilsa, u dudlamaydigan alanga bo`lib yonadi. Glitserinning alangalanish harorati 187 0 C, o`z-o`zidan alangalanish harorati esa 393 0 C. Toza glitserin bug`larining solishtirma bosimi 28,75 0 C dan past haroratda nol’ga teng. Shu sababli xona harorati sharoitida glitserin bug`lanib uchib keta olmaydi. Toza glitserin normal atmosfera bosimi sharoitida 290 0 C harorat ostida qaynab, parchalanmasdan haydalishi mumkin. Ammo glitserinda mineral moddalar aralashmasi bo`lsa, bu haydash davomida glitserinning ma`lum darajada parchalanishiga sabab bo`la oladi. Glitserinning distillangan suvdagi eritmalari nisbatan pastroq haroratlarda qaynaydi. Qaynash haroratiga qarab, ma`lum ma`lumotnomalar asosida eritmaning kontsentratsiyasini aniqlash mumkin. Glitserinning suvli eritmalari bug`latilganda uning ma`lum qismi suv bilan birga bug`lanadi. Glitserinning suvli eritmalarini 100 0 C da bug`latilganda bug` tarkibidagi glitserin miqdori quyidagi ko`rsatgichlar orqali xarakterlanadi (% hisobida): Glitserin va uning suvli eritmalari issiqlik sig`imi quyidagicha: Glitserinning suvli eritmalari issiqlik sig`imi quyidagi formulaga asosan hisoblanishi mumkin: m M m С М С С Р 2 1 Bunda: C 3 – aralashmaning doimiy bosim ostidagi issiqlik sig`imi; M – erituvchining massasi; m – glitserin massasi; C 1 – erituvchining issiqlik sig`imi; C 2 – glitserinning issiqlik sig`imi. 186 Glitserin va uning suvli eritmalari qovushqoqligi haqidagi ma`lumotlar 26- jadvalda da keltirilgan. 26-jadval Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling