199
Suyuq holatdagi glitseridlar strukturasi juda kam o`rganilgan. Glitserid
qizdirib suyultirilganda haroratga bog`liq ravishda
undagi molekulalar ozmi-
ko`pmi assotsiatsiyalangan holda bo`ladi. Bu assotsiatlar asosan Van– der – Vaal’s
kuchlari yordamida hosil bo`ladi. Qotish haroratiga yaqin haroratlarda esa glitserid
molekulalarining kristallik struktura hosil qilish uchun o`ziga xos joylashuvi
boshlanadi.
Tabiatdagi mahsulotlarda odatda triglitseridlarning aralashmalari uchraydi.
Afsuski bunday aralashmalar strukturasi hali yetarli darajada o`rganilgani yo`q.
Faqatgina binar aralashmalar (ikki turdagi glitseridlar aralashmasi) strukturasi juda
oz tadqiqot etilgan. Bu muammolar hozirgi paytda yog`lar
kimyosida hali
echilmagan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
3.3.2. Glitseridlarning (atsilglitserinlarning) fizikaviy xossalari.
Glitseridlarning fizikaviy xossalari eng avvalo yog` kislotalarining tarkibi va
strukturasiga bog`liq bo`ladi. Har xil yog` kislotalaridan
tashkil topgan
glitseridlarning fizikaviy xossalariga ushbu yog` kislotalari qoldiqlarining
(atsillarning) molekuladagi joylashuv tartibi ham ta`sir ko`rsatadi.
Konsistentsiya. Suyuq yog` kislotalari glitseridlari
suyuq konsistentsiyaga,
qattiq yog` kislotalari glitseridlari esa qattiq konsistentsiyaga egadir. Har xil
kislotali glitseridlar konsistentsiyasi yog` kislotalari takibiga bog`liq
ravishda
qattiq, suyuq yoki malhamsimon bo`lishi mumkin. Glitseridlar konsistentsiyasiga
hosil bo`ladigan kristallar o`lchami va ularning polimorf modifikatsiyalari ta`sir
ko`rsatadi. Kristallar o`lchami oshishi bilan glitseridlarning qattiqligi kamayadi.
Nostabil polimorf formalardagi glitseridlar stabil
formadagilariga nisbatan
qattiqroqdir. Yuqorida zikr etilgan ikki sabab tufayli tez sovutilgan glitseridlarning
qattiqlik darajasi sekin tezlikda sovutilgan glitseridlarnikiga nisbatan yuqoriroqdir.
Zichlik. Bir xil kislotali triglitseridlar zichligi yog` kislotalari zichligi
bo`ysunadigan qonunlarga asosan o`zgaradi. Ularning
zichligi suvnikidan kam
bo`lib, harorat ko`tarilishi bilan kamaya boshlaydi. Glitseridlar zichligi
o`zgarishining harorat koeffitsenti taxminan
0,7kg/(m
3
.grad).