198
27-rasm. To`yingan yog` kislotalaridan tashkil topgan triglitserid
molekulasining bir qatorlik kristallik strukturasi joylashuvi
(nostabil va stabil polimorf modifikatsiyalar uchun
)
Bunday glitserid molekulalari joylashuv tekisligi
kristall molekulasining
polimorf modifikatsiyasiga bog`liq ravishda metil guruhlari tekisligiga nisbatan
vertikal yoki qiya joylashishi mumkin. Qiyalik darajasi
kristallning polimorf
modifikatsiyasi va glitseridning molekulyar massasiga bog`liqdir.
Xuddi shunday tuzilishga ega bo`lgan glitseridlar yana quyidagilardir:
- ikki xil kislotali to`yingan glitseridlar kristallari, faqatgina
ularning atsillari
tarkibidagi uglerod atomlari soni farqi ikkitadan ortiq bo`lmagan taqdirda;
- tarkibida trans-konfiguratsiyadagi C
18
kislotalari bo`lgan
bir xil va ikki xil
to`yinmagan kislotali glitseridlar.
Boshqa xil triglitseridlarda rentgenogrammaning katta intervallari (d
001
) bir
xil kislotali to`yingan triglitseridlarnikiga nisbatan katta bo`lib, «zanjirning uch
karra uzunlikdagi strukturasi» deb ataladi (28-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: