I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Yuqori molekulyar spirtlar


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

3.1.4. Yuqori molekulyar spirtlar.  
Yuqori molekulyar alifatik spirtlar mumlar tarkibiga kirganligi sababli ularni 
ko`pincha mum spirtlari deb ham atashadi. O`simliklarda asosan normal tuzilishga 
ega bo`lgan bir atomli birlamchi to`yingan spirtlar uchratiladi. Ba`zi paytlarda 
mumlar tarkibida to`yinmagan spirtlar ham uchratiladi. Bu spirtlarning zichligi suv 


191 
zichligiga nisbatan kichik bo`lib, to`yingan C
12
- C
18
spirtlari uchun 20
0
C da 

=830,9-810,0 kg/m
3
ni tashkil etadi. Spirtlar molekulyar massasi oshishi tartibida 
ularning zichligi kamayadi. 
Yuqori molekulyar to`yingan spirtlar hidsiz oq kristallik moddalardir. Ular 
vodorod bog`lari yordamida o`ziga xos polimer zanjirlar hosil qiladi: 
Vakuumda yuqori molekulyar spirtlar parchalanmasdan haydalishi mumkin. 
Yuqori molekulyar spirtlar suvda erimaydi, dietil efirida, atsetonda va bazi 
boshqa erituvchilarda eriydi. Qizdirilganda eruvchanligi oshadi. 
Yuqori molekulyar spirtlarga alifatik spirtlar uchun xarakterli bo`lgan barcha 
reaktsiyalar – gidroksil va uglevodorod radikali guruhlari bilan bog`liq barcha 
reaktsiyalar xosdir. Masalan, ular kaliy, natriy metallari bilan alkogolyatlar hosil 
qilishi mumkin, ishqor ishtirokida 240-250
0
C gacha qizdirilganda yog` 
kislotalarining tuzlari hosil bo`ladi va bunda vodorod ajralib chiqadi, 350
0
C da 
vodorodning 202
.
10
5
Pa bosimi ostida aktiv nikel’ ishtirokida uglevodorodlarga 
aylanadi.
Bu spirtlar uchun mineral va organik kislotalar ta`sirida murakkab efirlar hosil 
qilish juda ham xarakterlidir. 
Turli organizmlarda inozitlar deb ataluvchi olti atomli alitsiklik spirtlar 
(C
6
N
12
O
6
) uchraydi. Ular tsiklogeksanning hosilalari bo`lib, sakkiz xil sterioizomer 
holatida bo`la oladi. Ulardan biri ikki xil optik aktiv antipodlar aralashmasidan 
iborat bo`lib, qolgan izomerlar mezo-formada uchraydi. 
Masalan, inozitgeksafosfor kislotasi C
6
H
6
(ORO
3
H
2
)
6
quyidagi strukturaga 
ega: 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling