192
3.1.5. Aminospirtlar.
Ba`zi bir lipidlar tarkibida spirtlarning aminli hosilalari – xolin, kolamin,
sfingozinlar uchraydi.
Xolin o`simliklar dunyosida juda ham keng tarqalgan birikma.
Formulasi
[CH
2
OH-CH
2
N(CH
3
)
3
]
+
OH
-
Xolin juda ham gigroskopik, shu sababli uning
kristallari havo bilan
ta`sirlashganda qiyomsimon suyuqlikga aylanadi. Xolin kuchli ishqoriylik
namoyon etadi va uning suvli eritmalari havodan CO
2
ni yutadi. Suv va spirt bilan
qo`shiladi, benzin, benzol va efirda erimaydi.
Kislotalar bilan xolin tuzlar hosil qiladi.
Xolin tirik organizmlar hayotida juda muhim rol’ o`ynaydi.
Moddalar
almashinuvida ishtirok etadi, jigarda ortiqcha yog` to`planishining oldini oladi, shu
sababli jigar tsirrozi kasalini davolashda qo`llaniladi. Xolin barcha tirik
organizmlar va mikroorganizmlar o`sishi uchun zarur modda hisoblanadi. Metionin
biosintezida ishtirok etadi. Atsetilxolin (CH
3
)
3
N
+
CH
2
CH
2
OCOCH
3
muhim
neyrogormon hisoblanadi.
Kolamin –
etanolamin CH
2
ON – CH
2
NH
2
suv bilan qo`shiluvchan quyuq
suyuqlikdir. Undan ammiak hidi kelib turadi
va anchagina kuchli asos
xususiyatlarini namoyon etadi. Ligroin, benzol, dietil efirlarida juda kam eriydi.
Kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi.
Sfingozin – tarkibi quyidagi formulaga muvofiq keladi C
18
H
37
NO
2
,
strukturasi esa:
CH
3
(CH
2
)
12
– CH=CH – CH(OH) – CHNH
2
-CH
2
(OH)
Suvda
erimaydi, metil va etil spirtlarda, atsetonda eriydi. Suyuqlantirilganda
parchalanadi. Kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Masalan, sul’fat (C
18
H
37
NO
2
)
2
.
N
2
SO
4
va diatsetat C
18
H
37
NO
2
.
2C
2
H
4
O
2
Do'stlaringiz bilan baham: