I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Yog’ kislоtа qоldiqlаri (atsillar) ishtirоkidаgi rеаktsiyalаr
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
3.4.2. Yog’ kislоtа qоldiqlаri (atsillar) ishtirоkidаgi rеаktsiyalаr.
3.4.2.1. Glitseridlar gidrogenizatsiyasi. Glitseridlarni gidrogenizatsiyalashdan asosiy maqsad - katalizatorlar ishtirokida glitseridlar tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalarini vodorod bilan to`yintirib, yog` kislotalari tarkibini o`zgartirish va demak glitseridlar tarkibi va xossalarini o`zgartirishdir. Bu jarayondan asosan suyuq moddalarni ma`lum darajada qotirishda foydalaniladi. Hosil bo`lgan mahsulotlar (salomaslar) gidrogenlashdan oldingi mahsulotlardan suyuqlanish harorati, qattiqligi, oksidlanish ta`siriga chidamliligi (turg`unligi) bilan farq qiladi. Ishlab chiharishda asosan gidrogenizatsiya nikel’ va mis-nikel’ katalizatorlari ishtirokida, 180-240 0 C harorat ostida atmosfera bosimi yoki yuqoriroq bosim (3- 5) . 1,01 . 10 5 , ba`zan hatto (20-25) . 1,01 . 10 5 Pa bosim ostida amalga oshiriladi. 210 Gidrogenlashda asosiy reaktsiya, ya`ni to`yinmagan atsillarning vodorod bilan to`yinishi bilan birga quyidagi hamroh reaktsiyalar ham ro`y berishi mumkin: atsil- lardagi qo`shbog`lar migratsiyasi; trans-izomerizatsiya; qisman qayta eterifikatsiyalanish. Bu hamroh jarayonlar hosil bo`ladigan salomaslarning suyuqlanish harorati va qattiqligiga sezilarli ta`sir etib, ko`pincha ular tarkibida oziqlanish uchun tavsiya etilmaydigan ba`zi moddalar hosil bo`lishiga ham sabab bo`lishi mumkin. Demak, yog`lar gidrogenizatsiyasi – bu vodorod va katalizator ishtirokida amalga oshadigan qator reaktsiyalarni o`ziga mujassam etuvchi jarayondir. Bu reaktsiyalarning asosiylari: 1. Glitseridlar molekulasiga kiradigan atsillarning qo`shbog`ini to`yintirish: 2 2 2 2 . 2 2 2 CH CH CH СH CH CH CH CH катал H Bu jarayon bosqichma-bosqich ma`lum tartibda (selektiv jarayon) yoki tartibsiz (noselektiv jarayon) amalga oshadi. Bunda yog` kislotalarining to`yinmaganlik darajasi kamaya boradi. 2. Uglerod zanjiridagi qo`shbog`lar migratsiyasi pozitsion izomerlar hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin: - CH 2 – CH = CH – CH 2 - - CH 2 – CH 2 – CH = CH - 3. Glitseridlar tarkibiga kiruvchi yog` kislotalari qoldiqlarining fazoviy konfiguratsiyasi o`zgarishi (tsis-trans izomerizatsiya) Tsis- forma Trans- forma Yog'larni gidrogenatsiyalash jarayonida birinchi navbatda uchta, keyin ikkita, so’ngra esa bitta qo’shbog’li atsil vodorodni biriktiradi, ya'ni quyidagi ketma- ketlik kuzatiladi: 0 18 1 18 2 18 3 18 2 2 2 C C C C H H H 211 Shu bilan birga, atsillarning gidrogenlanish, ya’ni vodorod bilan to’yinish tezligi ham mos ravishda xuddi shunday ketma-ketlikda pasaya boradi. Masalan, linolein kislotasi atsilining tajribada aniqlangan gidrogenlanish tezligi olein kislotasi atsilining gidrogenlanish tezligidan bir necha baravar katta bo'lishi mumkin. Atsillar gidrogenlanish tezligining triatsilgliserinlar tuzilishiga bog'liqligi juda kam. Turli qo’sbog’lar soniga ega bo’lgan atsillarning vodorod bilan tanlab ketma- ket to'yinishi hodisasi gidrogenatsiya selektivligi degan tushuncha bilan tavsiflanadi. Gidrogenizatsiya selektivligiga katalizatorlar tabiati (turi) va harorat katta ta`sir ko`rsatadi. Agar biron bir kislotani (yoki uning atsilini) to’yintirishda etilen bog’larining soni bittaga kam bo'lgan boshqa kislotaning teng miqdori hosil bo'ladigan bo'lsa, unda selektivlik mutlaq hisoblanadi. Masalan, kungaboqar moyini mutlaq selektiv gidrogenizatsiyalashda uning tarkibidagi stearin kislotasi atsillarining miqdori toki linol kislotasi atsillari to’liq olein kislotasi atsillariga aylanmagunicha o’zgarmay turadi va shundan keyingina olein kislotasi atsillarini stearin kislotasi atsillariga aylantirish boshlanadi. Biroq, amalda mutlaq selektivlikdagi gidrogenizatsiya bo’lmaydi. Selektivlikning sezilarli darajada pasayishi linolein kislotasining nisbatan past (20% dan kam) kontsentratsiyalarida kuzatiladi, chunki bunday sharoitlarda olein kislotasining gidrogenlanish (to’yinish) ehtimoli oshadi. Qo’shbog’lar orasidagi masofa qancha kichik bo'lsa, aralashmaning reaktivligi ham shuncha yuqori bo'ladi. Shunday qilib, linol kislotasining gidrogenlanish tezligi yuqori bo'lib, undagi qo’shbog’lar orasi faqat bitta metilen guruhi bilan ajralib turadi: —CH=CH—CH 2 —CH=CH— . Qo’shbog’lari konyugativ bog'langan linol kislotasining izomeri —CH=CH— CH=CH— yanada yuqoriroq faollikni namoyon etadi. Selektivlik - bu iste'mol qilinadigan yog'-moylarni gidrogenlash jarayonining eng muhim sifat ko'rsatkichi bo'lib, u amaliy ahamiyatga ega. Noselektiv gidrogenlash bilan ozuqaviy qiymati past bo'lgan mahsulotlar olinadi, chunki 212 tarkibida stearin kislotasi bo'lgan suyuqlanish harorati yuqori triatsilgliserinlarning mavjudligi yog'larga yuqori qovushqoqlik, bir jinsli bo’lmagan konsistentsiya va yoqimsiz yog'li ta'm beradi. Noselektiv to’yintirilgan yog'lar to'g'ridan-to'g'ri margarin mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tavsiya etilmaydi. Shuning uchun yog'larni gidrogenlashning selektivligini hisoblash usullari muhimdir. Modomiki, yog'lar gidrogenizatsiyasi asosan monoto'yinmagan yog’ kislotalari hosil bo'lgunga qadar amalga oshirilar ekan, selektivlikni faqat ikkita va bitta etilen bog’lari bo'lgan kislotalar uchun ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir (linol guruhi kislotalarini gidrogenlashning selektivligi). Gidrogenlash selektivligining mohiyati ketma-ket reaktsiyalar nisbati sifatida tushunilishidan kelib chiqqan holda, uni quyidagicha ifodalash mumkin: Bunda C Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling