I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Atsiglitserinlarni sintez qilish usullari
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
3.4.2.3. Atsiglitserinlarni sintez qilish usullari
Glitseringa yog` kislotalari ta`sir ettirib eterifikatsiyalash usuli bilan yoki unga ma`lum kislotalarning angidridlari, galogenangidridlari ta`sir ettirib bir xil kislotali triatsiglitserinlarni sintez qilib olish mumkinligi haqida yuqorida so`z yuritilgan edi. Amalda har xil kislotali di-, tri-, monoatsilglitserinlar hamda atsillari ma`lum tartibda joylashgan bir xil kislotali diatsiglitserinlar olish muammosi juda murakkabdir. Ma`lum tuzilishdagi individual har xil kislotali triatsilglitserinlar olishga reaktsiyaning oraliq mahsulotlari sifatida hosil bo`ladigan to`liqsiz atsilglitserinlarning atsillari migratsiyasi, to`liqsiz atsilglitserinlar disproportsiyasi va triatsilglitserinlarning molekulyar va molekulalararo qayta eterifikatsiyalanishi sezilarli darajada xalaqit beradi. Shu sababli ma`lum tuzilishdagi va tarkibdagi atsilglitserinlarni sintez qilish uchun shunday maxsus usullar qo`llaniladiki, bunda kerakli individual birikmalar olishga to`sqinlik qiladigan faktorlar yo bartaraf etiladi, yoki juda sekinlashtiriladi. Bular Fisher-Bergman-Beruind usuli, tritil usuli, xlorangidridlar ta`sirida 1-monoatsilglitserinlarni atsillantirish usuli va h.k.lar. Bu va boshqa maxsus usullarning batafsil tavsifi maxsus adabiyotlarda keltirilgan. Quyida esa biz reaktsiyalarning faqat printsipial sxemalarini ko`rib chiqamiz. Qulaylik uchun bu reaktsiyalar natijasida hosil bo`ladigan suv, galogenvodorodlar va boshqa mahsulotlar sxemalarda tushirib qoldiriladi (ko`rsatilmaydi). Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek yog` kislotasini monoatsilglitserinlar olish uchun nazariy jihatdan zarur glitserin bilan to`g`ridan-to`g`ri eterifikatsiyalashda monoatsilglitserinlar bilan birgalikda birmuncha di- va triatsilglitseninlar hamda glitserin hosil bo`ladi. Glitserin-1-monoxlorgidrin yog` kislotasining kaliyli, natriyli va kumushli tuzi bilan qizdirilganda ham faqatgina 1- 218 monoatsilglitserinlarning o`zigina emas, balki ularning 2-monoatsilglitserinlar bilan aralashmasi hosil bo`ladi. 1-monoatsilglitserinlarning chiqishi ularning Fisher-Bergman-Beruind usuli bilan olishda oshadi. Bu usul bo`yicha avvaliga atseton-glitserin (izopropilidenglitserin) olinadi, so`ngra unga hosil bo`ladigan xlorovodorodni biriktirish uchun xinolin (piridin) ishtirokida yog` kislotasining xlorangidridi bilan ta`sir etiladi. Hosil bo`lgan mahsulotdan atsetonni ajratib olish uchun katalitik ta`sir etuvchi xlorid kislotasining sovuq eritmasi bilan ishlov beriladi. Bu usul bilan 1-monoatsilglitserinlarni molekulasida 12 ta va undan ortiq uglerod atomi bo`lgan to`yingan yog` kislotlaridan olishda juda yaxshi natijalarga erishiladi. Tritil usuli bilan sintez qilinganda 1-monoatsilglitserinlar chiqishi ortadi. Bu usul glitserinning 1-gidroksil guruhi vodorodi o`urniga trifenilmetanxlorid (C 6 N 5 ) 3 CCl ning tritil guruhini kiritishga asoslangan. Bunda glitserindan 1,3- ditritilglitserin hosil bo`ladi. Unga xinolin ishtirokida yog` kislotasining xlorangidridi ta`sir ettirib glitserinning 2-gidroksil guruhi vodorodi o`rniga kerakli atsil kiritiladi. Hosil bo`lgan ditritil hosilasi sirka kislotasidagi bromvodorod bilan ishlov berilib, 2-monoatsilglitserin hosil qilinadi. U ham o`z navbatida tezda 1- monoatsilglitseringa aylanadi: Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling