I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


-rasm. Kristallarda triglitserid molekulalari hosil qiladigan


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

28-rasm. Kristallarda triglitserid molekulalari hosil qiladigan
zanjirning uch karra uzunlikdagi strukturasi 
Metil
guruhlari tekisligi 
Metil
guruhlari tekisligi 
Metil
guruhlari 
tekisligi 
Metil
guruhlari 
tekisligi 


199 
Suyuq holatdagi glitseridlar strukturasi juda kam o`rganilgan. Glitserid 
qizdirib suyultirilganda haroratga bog`liq ravishda undagi molekulalar ozmi-
ko`pmi assotsiatsiyalangan holda bo`ladi. Bu assotsiatlar asosan Van– der – Vaal’s 
kuchlari yordamida hosil bo`ladi. Qotish haroratiga yaqin haroratlarda esa glitserid 
molekulalarining kristallik struktura hosil qilish uchun o`ziga xos joylashuvi 
boshlanadi. 
Tabiatdagi mahsulotlarda odatda triglitseridlarning aralashmalari uchraydi. 
Afsuski bunday aralashmalar strukturasi hali yetarli darajada o`rganilgani yo`q. 
Faqatgina binar aralashmalar (ikki turdagi glitseridlar aralashmasi) strukturasi juda 
oz tadqiqot etilgan. Bu muammolar hozirgi paytda yog`lar kimyosida hali 
echilmagan dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
3.3.2. Glitseridlarning (atsilglitserinlarning) fizikaviy xossalari. 
Glitseridlarning fizikaviy xossalari eng avvalo yog` kislotalarining tarkibi va 
strukturasiga bog`liq bo`ladi. Har xil yog` kislotalaridan tashkil topgan 
glitseridlarning fizikaviy xossalariga ushbu yog` kislotalari qoldiqlarining 
(atsillarning) molekuladagi joylashuv tartibi ham ta`sir ko`rsatadi. 
Konsistentsiya. Suyuq yog` kislotalari glitseridlari suyuq konsistentsiyaga
qattiq yog` kislotalari glitseridlari esa qattiq konsistentsiyaga egadir. Har xil 
kislotali glitseridlar konsistentsiyasi yog` kislotalari takibiga bog`liq ravishda 
qattiq, suyuq yoki malhamsimon bo`lishi mumkin. Glitseridlar konsistentsiyasiga 
hosil bo`ladigan kristallar o`lchami va ularning polimorf modifikatsiyalari ta`sir 
ko`rsatadi. Kristallar o`lchami oshishi bilan glitseridlarning qattiqligi kamayadi. 
Nostabil polimorf formalardagi glitseridlar stabil formadagilariga nisbatan 
qattiqroqdir. Yuqorida zikr etilgan ikki sabab tufayli tez sovutilgan glitseridlarning 
qattiqlik darajasi sekin tezlikda sovutilgan glitseridlarnikiga nisbatan yuqoriroqdir. 
Zichlik. Bir xil kislotali triglitseridlar zichligi yog` kislotalari zichligi 
bo`ysunadigan qonunlarga asosan o`zgaradi. Ularning zichligi suvnikidan kam 
bo`lib, harorat ko`tarilishi bilan kamaya boshlaydi. Glitseridlar zichligi 
o`zgarishining harorat koeffitsenti taxminan 

0,7kg/(m
3
.grad). 


200 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling