I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Individual glitseridlarning suyuqlanish harorati


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Individual glitseridlarning suyuqlanish harorati ularning yog` kislotalari 
tarkibi va polimorf holatiga bog`liq. Odatda bir xil kislotali qattiq kislotalar 
triglitseridlari stabil 

-polimorf modifikatsiyada shu kislotalar suyuqlanish 
haroratidan birmuncha yuqoriroq suyuqlanish haroratlarini nomoyon etadi. 
Glitseridlar polimorf formalari suyuqlanish harorati quyidagi tartibda farq 
qiladi: 
0
0
0
0




t
t
t
t



Har xil kislotali triglitseridlar polimorfizmi monotropdir. 
Glitseridlarning qotish harorati ularning suyuqlanish haroratiga nisbatan 
birmuncha pastroqdir. 
Eruvchanlik. Barcha glitseridlar petrol efirida, benzin, xloroform, uglerod-
(IV) xloridida, benzolda, dietil efirida va atsetonda yaxshi eriydi. Suyuqlanish 
harorati yuqori bo`lgan glitseridlar qizdirilganda yaxshi eriydi va sovutilganda 
eritmadan kristallizatsiyalanib ajrala boshlaydi. Glitseridlarni eritmalardan 
kristallizatsiyalab olish usuli shunga asoslangan. Ammo bu usul juda ko`p mehnat 
va vaqt talab qiladi. Masalan, 1 kg glitseridlar aralashmasini 20-30 marta qayta 
kristallizatsiyalab, bor-yo`g`i bir necha gramm kerakli glitseridni ajratib olish 
mumkin. 
Metanol 
va 
etanolda 
(xususan 
qizdirilganda) 
diglitseridlar 
va 
monoglitseridlarning 
eruvchanligi 
triglitseridlarnikiga 
nisbatan 
anchagina 
yuqoriroqdir. Ammo shuni ham ta`kidlash kerakki ushbu erituvchilarda o`rta va 
yuqori molekulyar to`yingan va to`yinmagan kislotali triglitseridlarning 
eruvchanligi deyarli nolga teng. Bu spirtlarda qaynatilganda ham ushbu 
triglitseridlar eruvchanligi juda past.
Qovushqoqlik Glitseridlar qovushqoqligi faqatgina ba`zi bir xil kislotali 
triglitseridlar uchungina o`rganilgan xolos. Ularning qovushqoqligi ularni tashkil 
etadigan yog` kislotalari qovushqoqligidan anchagina yuqori bo`lib, ularning 
molekulyar massasi pasayishi bilan birga kamayadi. To`yinmagan yog` 
kislotalariga ega bo`lgan glitseridlar tarkibidagi uglerod atlomlari bir xil bo`lgani 


201 
holda qo`shbog`lar soni oshishi bilan birga pastroq qovushqoqlik namoyon eta 
boshlaydi. Glitseridlar qizdirilganda ularning qovushqoqligi kamaya boshlaydi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling