I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Tayanch iboralar: 
Glitserin, kristalizatsiyalanish, gigroskopik xususiyat, metil va etil efirlari, 
benzol, xloroform, kizel’gur, nitroglitserin, dinamit, glitseratlar, ketallar, 


193 
atsetallar, akrolein, propen, mumlar, alkogolyatlar, inozit, antipodlar, xolin, 
kolamin, sfingozin. 
Nazorat savollari: 
1. Glitserinning tarkibi va strukturaviy ko`rinishini ta`riflab bering. 
2. Glitserinning asosiy fizikaviy xossalarini ta`riflab bering. 
3. 15
0
C da 100%-li glitserinning zichligi 1265,57 kg/m
3
ga teng, 20
0
C da bu 
ko’rsatkich qanday qiymatga ega bo’lishi mumkin? 
4. Glitserinning asosiy kimyoviy xossalarini ta`riflab bering. 
5. Glitseratlar deganda nimani tushunasiz? 
6. Glitserindan akrolein hosil bo’lishi reaktsiyasini tavsiflab bering. 
7. Trinitroglitserin bu qanday modda? 
8. Propen asosida glitserinni sintez qilish reaktsiyalarini yozib ko’rsating. 
9. Yuqori molekulyar spirtlar va ularning hosilalari. 
10. Aminospirtlar, ularning xossalari. 
3.2. GLITSERIDLAR, ULARNING SINFLANISHI, 
 IZOMERLANISHI, NOMENKLATURASI

Glitseridlar – qaynash harorati juda yuqori va suyuqlanish harorati past (40 
0
C gacha) bo`lgan, yetarli darajada qovushqoq (moysimon), rangsiz, hidsiz, 
uchuvchan bo`lmagan, suvdan yengil suyuq va qattiq moddalardir. Glitseridlarning 
asosiy qismini triglitseridlar, ya`ni yog`lar tashkil etadi. Triglitseridlarning, ya’ni 
yog’larning qaynash harorati yuqoriligi ularda oziq-ovqat mahsulotlarini qovurish 
imkonini yaratadi, ularning uchuvchanmasligi sababli qovurish paytida tovadan 
uchib bug`lanib ketmaydi. Yog`lar suyuqlanish haroratining pastligi ularni konditer 
(qandolatchilik) mahsulotlari tayyorlashda ishlatishga (shokolad, holvalar va h.k.) 
imkon yaratadi, bunda tayyor mahsulotlar tarkibidagi yog`lar iste`mol paytida 
og`izda erib (suyuqlanib) ajoyib ta`m-maza hissiyoti uyg`otadi. Qattiq holdagi 
glitseridlar odatda bir necha xil kristallik holatda bo`lishi mumkin (polimorfizm). 
Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan asosiy yog` mahsulotlari – bu o`simlik 
lipidlari va ularni qayta ishlash natijasida hosil bo`lgan mahsulotlar hamda hayvon 
yog`laridir. Umuman yog`lar oddiy lipidlar jumlasiga kirib, yuqorida ta’kidlab 


194 
o’tilganiday, kimyo tilida ularni triglitseridlar yoki atsilglitserollar, zamonaviy 
yangi adabiyotlarda esa atsiltriglitserinlar deb atashadi. Atsiltriglitserinlar, ya`ni 
yog`lar glitserin hamda yuqori molekulali karbon kislotalari (yog` kislotalari) ning 
murakkab efirlaridir. Umuman, lipidlarning 95-96% ni moylar va yog`lar tashkil 
etadi. 
Gliserindagi eterifikatsiyalangan gidroksil guruhlari soniga qarab glitseridlar 
mono-, di- va triglitseridlarga (mono-, di- va triatsilglitserinlarga) bo’linadi. 
Ikki kislotali va uch kislotali glitseridlar ular tarkibidagi kislotalar 
atsillarining holati bo’yicha farq qiluvchi bir necha izomerlar shaklida bo'lishi 
mumkin. Atsil guruhining glitserin qoldig'idagi joylashgan holati raqamlanishi 
glitserinning o’zidagi raqamlanish holatiga mos keladi. Bir xil atsil guruhlari 1,3 
pozitsiyasida (holatda) joylashgan ikki kislotali atsiltrigliserinlarning tuzilishlari 
simmetrik, 1,2 holatda joylashgan bo’lishsa - assimetrik deb nomlanadi. 
Atsil guruhi 1,3 holatida bo'lgan diatsilgliserinlarga simmetrik, 1,2 yoki 2,3 
holatlarda bo’lsa agar- assimetrik deyiladi. 
Agar atsil guruhining holati 1 yoki 3 bo'lsa, monoatsilgliserinlar assimetrik 
deyiladi, agar atsil guruhi 2- holatda bo'lsa, ular simmetrik hisoblanadi. Simmetrik 
monoatsilgliserinlar tabiatda juda kam uchraydi. 
Moy va yog`lar asosan triglitseridlardan iborat bo`lib, ularning tarkibiga di- 
va monoglitseridlar hamda boshqa hamroh birikmalar (pigmentlar, fosfolipidlar, 
boshqa murakkab lipidlar) ham kirishi mumkin: 
OH
C
H
R
C
O
C
H
OH
C
H
OH
C
H
R
C
O
C
H
R
C
O
C
H
R
C
O
C
H
R
C
O
C
H
R
C
O
C
H
I
O
I
O
O
II
O
I
O
O





















2
||
|
|
2
2
||
|
||
|
2
||
2
||
|
||
|
2
Triglitserid
α, β-Diglitserid
β-Monoglitserid 
(triatsilglitserin)
(diatsilglitserin)
(monoatsilglitserin) 


195 
Ko`rinib turibdiki, yog`larning struktura komponentlaridan biri glitserin 
bo`lib, yog`larning ma`lum xossalari ulardagi yog` kislotalari tarkibi va bu yog` 
kislotalari qoldiqlarining (atsillarning) 1- , 2- va 3-holatlarda (sn-1, sn-2 va sn-3 
holatlarda) qaysi tartibda joylashganligi bilan belgilanadi. 
Triatsilgliserinlar yog ' kislotalari tarkibiga qarab bir-, ikki- va uch xil 
kislotali bo’lishi mumkin: 
Har xil kislotali glitseridlar ulardagi turli yog’ kislotalari atsillarining 
joylashuv holatiga qarab bir necha izomerlar ko’rinishida bo’lishi mumkin, 
masalan: 
Xuddi shunday, uch kislotali triglitseridlar ham tuzilishi bo’yicha farq qilishi 
mumkin: 
Glitseridlardagi yog’ kislotalari xarakteriga qarab uchto’yingan (trito’yingan), 
ikkito’yingan (dito’yingan), birto’yingan (monoto’yingan) va uchto’yinmagan 
(trito’yinmagan) glitseridlar bo’ladi. 
Glitseridlar tarkibida qanday yog’kislotalari va qanday tartibda 
joylashishganiga qarab nomlanadi. Bunda har xil (aralash) kislotali va to’liqsiz 
glitseridlar (ya’ni mono- va diglitseridlar) ularning molekulasida yog’ kislotalari 


196 
atsillarining o’rnashuv joyini yunoncha harflar α, β, α’ yoki 1, 2, 3 raqamlari bilan 
glitserinnig gidroksil guruhlari joylashuvi o’rniga mos ravishda belgilanadi, 
masalan, α, β- (yoki 1, 2)-distearomonopal’mitin. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling