I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Glitserin va uning suvli eritmalari qovushqoqligi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1.2.Glitserinning kimyoviy xossalari.
Glitserin va uning suvli eritmalari qovushqoqligi
Glitse- rinning kontsen- tratsiya- si, %. 24 0 С haroratdagi glitserin suvli eritmalarining qovushqoqligi Glitse- rinning kontsen- tratsiya- si, %. 24 0 С haroratdagi glitserin suvli eritmalarining qovushqoqligi shartli, Engler gradusida Kine -matik. m 2 /с . 10 6 shartli, Engler gradusida kinematik. m 2 /с . 10 6 100 105,0 777,0 85 8.9 65,8 99 77,0 559,0 80 5.4 39,3 95 38,0 281,2 75 3,65 25,7 90 17,0 125,8 70 2.61 17.1 Quyidagi tenglamaga asosan: C 2 H 8 O 3 + 7O = 3CO 2 + 4H 2 O glitserin yonishining solishtirma issiqlik sig`imi doimiy bosim ostida 1660 . 10 3 dj/kg ga va doimiy hajmda esa 1661 . 10 3 dj/kg ga teng. Glitserinning hosil bo`lish issiqligi 674 . 10 6 dj/kmol’ ga teng. 3.1.2.Glitserinning kimyoviy xossalari. Glitserinning gidroksil guruhlari uning bir qator reaktsiyalarda qatnashishiga sabab bo`ladi. Glitserindagi gidroksil guruhlarining reaktsion qobiliyati bir xil emas, -gidroksilning reaktsiyaga moyilligi - va 1 -gidroksillarnikiga nisbatan past. Ishqoriy metallar bilan glitserin alkogolyatlar hosil qilishi mumkin, masalan: 2CH 2 OH – CHOH – CH 2 OH + 2Na = 2CH 2 ONa – CHOH – CH 2 OH +H 2 Bunday alkogolyatlar glitseratlar deb atashadi. Ishqoriy metallarning mono – va diglitseratlari ham hosil bo`lishi mumkin. Kontsentrlangan ishqoriy eritmalar va glitserin ta`sirlashuvi natijasida ham glitseratlar hosil bo`lishi mumkin: Kal’tsiy oksidi bilan glitserin kal’tsiy glitserati, Qo`rg`oshin oksidi bilan esa qo`rg`oshin glitserati hosil qiladi. 187 Ba`zi bir metallar, masalan, rux, mis, nikel’, kobal’t kabilarning gidroksidlari yoki sul’fatlari bilan glitserin glitserinatlar deb atalmish kompleks birikmalar hosil qiladi. Glitserin uch atomli spirt sifatida mono-, di-, va triglitseridlar hosil qilishi mumkin. Masalan, organik kislotalar bilan qizdirilganda ushbu turdagi glitserin efirlari hosil bo`ladi. Glitseringa vodorod xloridi ta`sirida xlorgidrinlar hosil bo`ladi: CH 2 OH – CHOH – CH 2 OH + HCl CH 2 OH – CHOH – CH 2 Cl +H 2 O Xuddi shu yo`sinda bromgidrinlar hosil bo`ladi. Fosfor kislotasi ta`sirida glitserin mono – va diefirlar hosil qilishi mumkin. Ammo bu diefir turg`un emas va suv ta`sirida oson parchalanadi. Bunda monoglitserid – glitserinfosfor kislotasi hosil bo`ladi: OH CH OH HOPO C OH H С OH OPO CH HOH C OH H С 2 2 | 2 | 2 2 | 2 | - glitserinfosfor kislotasi - glitserinfosfor kislotasi Bu efirlar suvda yaxshi eruvchan bo`lib, kimyoviy jihatdan anchagina turg`un birikmalardan hisoblanadi. Oddiy sharoitlarda ishqor ishtirokida ular sovunlanmaydi. Glitseringa azot kislotasi va nitratlar ta`sir etganda nitro-aralashma - azot kislotasining mono-, di- va triefirlari hosil bo`lishi mumkin. Ularni ba`zan nitroglitserinlar deb ham noto`g`ri atashadi. Ulardan trinitroglitserin CH 2 ONO 2 – CHONO 2 –CH 2 ONO 2 juda ham beqaror modda bo`lib, ozgina turtki yoki zarba natijasida ham parchalanib, juda katta kuch bilan portlash xususiyatiga ega. Trinitroglitserinning kizel’gur bilan aralashmasi kuchli portlovchi modda – dinamit hosil qiladi. 188 Al’degidlar bilan glitserin atsetallar, ketonlar bilan esa ketallar hosil qiladi. Ketonlardan atseton–glitserin juda katta ahamiyatga egadir: Atsetal’ Ketal’ Atseton – glitserin yog` kislotalarining -monoglitseridlarini sintez qilishda qo`llaniladi. Spirtlar bilan glitserin oddiy efirlar hosil qiladi: OH CH HOH C OR H С 2 | 2 | O`yuvchi ishqorlar va ishqoriy metallarning oksidli birikmalari bilan qizdirilganda poliglitserinlar deb ataluvchi oddiy efirlar hosil bo`ladi: OH CH HOH C H С OH CH HOH C O H С 2 | 2 | 2 | 2 | OH CH HOH C OH H С O CH HOH C H С OH CH HOH C O H С 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | Diglitserin Triglitserin Olti va undan ortiq glitserin molekulalaridan tashkil topgan poliglitserinlar tsiklik tuzilishga ega bo`lishi mumkin. Diglitserin glitseringa nisbatan kattaroq zichlikka ega va yuqoriroq haroratda qaynaydi. Havoning kislorodi kimyoviy toza glitseringa ta`sir qilmaydi. Glitserin faqat katalizatorlar ishtirokidagina kislorod bilan oksidlanishi mumkin. Suvsizlantiruvchi moddalar ishtirokida (masalan, NaHSO 4 ) glitserin qizdirilganda akrolein hosil bo`ladi. Bu reaktsiya bosqichma – bosqich amalga oshadi: 189 Akrolein juda harakatchan suyuqlik bo`lib, 52,4 0 C da qaynaydi. Uning bug`lari organizmning shilliq pardalariga juda keskin ta`sir qiladi va shu sababli organoleptik tarzda tez aniqlanishi mumkin. Havo bilan akrolein portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Kontsentrlangan glitserin suvni juda keskin yutish qobiliyati tufayli mikroorganizmlar faoliyatini to`xtatadi. Ammo 20 – 25% gacha kontsentratsiyali glitserin eritmalarida mikroorganizmlar yaxshi rivojlanadi va glitserinni yaxshi bijg`itadi. Bunda trimetilenglikol’, akrolein, butil spirti, sut kislotasi, uglerod oksidi, vodorod va h. k. lar hosil bo`lishi mumkin. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling