I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4.1.1. Gidroliz
boradigan reaktsiyalar.
Yog`larning kimyoviy xossalari ular tarkibidagi glitseridlar (glitseridlar) kimyoviy xossalari orqali belgilanadi. Glitseridlarning reaktsion qobiliyati ular molekulasi tarkibidagi yog` kislotalari atsillari va murakkab efir guruhlari bilan bog`liqdir. Shu sababli glitseridlarning kimyoviy o`zgarishlarini quyidagi turdagi reaktsiyalarga bo`lish mumkin: 1) glitseridlarning faqatgina murakkab efir guruhlari ishtirokida boradigan reaktsiyalari; 2) faqatgina kislotalarning uglevodorod radikallari ishtirokida boradigan reaktsiyalar; 3) yog` kislotalarining uglevodorod radikali va murakkab efir guruhi ishtirokida boradigan reaktsiyalar. 3.4.1.1. Gidroliz Murakkab efirlar uchun (shu jumladan glitseridlar uchun) gidroliz jarayoni eterifikatsiyaga qaytar teng kuchli (muvozanatli) reaktsiya hisoblanadi: Glitseridlarning gidroliz jarayoni urug`larni saqlashda, ularni qayta ishlab yog` olishda (texnologik jarayonlar davomida hamroh jarayon sifatida), yog`larni saqlashda kuzatiladi. Gidrolizning amalga oshishi uchun asosiy sharoit - bu glitseridlarning suv bilan ta`sirlashuvidir. Triglitseridlar gidrolizi bir atomli spirtlarning efirlari gidroliziga nisbatan birmuncha murakkab jarayondir. Bu jarayonning oxirgi natijasi quyidagi ko`rinishga ega: 205 Haqiqatda esa triglitseridlar gidrolizi uch bosqichda amalga oshadi, har bir bosqich reaktsiyasi bimolekulyar qaytar reaktsiyalardir: Shu tariqa triglitseridlar gidrolizida di – va monoglitseridlar hosil bo`lish tartibi yog` kislotalarining glitserin bilan eterifikatsiyalanishiga teskari jarayon ekanligi kuzatiladi. Glitseridlar gidrolizi tezligiga vodorod ionlari kontsentratsiyasi ham katta ta`sir ko`rsatadi. Chunki vodorod ionlari ham xuddi gidroksil ionlaridek bu reaktsiya katalizatorlari hisoblanadi. Shuningdek gidroliz jarayonida ishtirok etuvchi suv tarkibida dissotsiatsiyalanganda vodorod va gidroksil ionlari hosil bo`lishiga olib keladigan moddalar bo`lsa, bu ham gidroliz tezligining oshishiga olib keladi (masalan H 2 CO 4 va boshqa sul’fokislotalar). Fermentlar ham (lipazalar) glitseridlar gidrolizining juda faol katalizatorlari hisoblanadi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling