I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Tayanch iboralar:
Reaktsiya, gidroliz, alkogoliz, sovunlanish, atsidoliz, eterifikatsiya, gidrogenizatsiya, salomas, katalizatorlar, jarayon selektivligi, qo`shbog`lar migratsiyasi, izomerizatsiya, pozitsion izomerlar, tsis-trans izomerlar, oksidlanish, avtooksidlanish, lipaza, lipoksigenaza, sintez. Nazorat savollari: 1. Glitseridlarning kimyoviy o`zgarishlarini shartli ravishda qanday turdagi reaktsiyalarga bo`lish mumkin? 2. Glitseridlar gidrolizi reaktsiyasini tushuntirib bering. 3. Alkogoliz jarayonini tushuntirib bering. 4. Sovunlanish jarayonining amalga oshishida ishqoriy muhitning qanday ahamiyati bor? 5. Atsidolizning amalga oshishida suv qanday rol’ o`ynashi mumkin? 6. Ammonolizning mohiyatini tushuntirib bering. 7. Glitseridlar gidrogenizatsiyasining mohiyatini tushuntirib bering. 8. Gidrogenizatsiya jarayonida amalga oshishi mumkin bo`lgan hamroh reaktsiyalar mohiyatini tushuntirib bering. 9. Gidrogenizatsiya selektivligini qanday tushunasiz? 10. Pozitsion izomerizatsiya bilan fazoviy (geometrik) izomerizatsiyaning farqini tushuntirib bering. 11. Atsiglitserinlarni sintez qilishning qanday usullarini bilasiz? 222 IV bob. LIPIDLARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI Kimyoviy tuzilishi bo’yicha turli-tuman bo’lgan lipidlarni birta umumiy xususiyat – gidrofoblik, ya’ni suvda erimaslik va organic erituvchilarda eruvchanlik xususiyati birlashtiradi. Lipidlar fiziologik ahamiyati (struktura va boshqaruv funktsiyalari), kimyoviy tuzilishining umumiyligi (lipidli monomerlar va ko’p komponentli lipidlar), sovunlanish xususiyati (sovunlanadigan va sovunlanmaydigan), fizik-kimyoviy xossalari (neytral, amfifil va yog’da eruvchan vitaminlar), biologik ahamiyati asosida sinflanadi. Ko’pchilik lipidlar yuqori molekulyar yog’ kislotalari, spirtlar yoki al’degidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga ko’ra lipidlar bir necha sinfga bo’linadi. Oddiy lipidlar yog’ kislotalari (yoki al’degidlar) va spirtlar qoldig’idan tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yog’lar (triglitseridlar va boshqa tabiiy glitseridlar), mum (yog’ kislotalari va yog’ spirtlari efirlari) va diol lipidlari (yog’ kislotalari va etilenglikol’ yoki boshqa ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab lipidlar ortofosfor kislotasining hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat. Murakkab lipidlar molekulalarida ko’p atomli spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham bo’ladi. Ko’pchilik lipidlar sirt faol moddalari hisoblanadi. Organizmda lipidlar lipazalar ta’sirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yog’ kislotalari adenozintrifosfat kislotalari — ATF va koferment A bilan ta’sirlashib faollashadi, so’ngra oksidlanadi. Ko’pchilik lipidlar hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida ham bo’ladi. Lipidlarning deyarl 95% ni triglitseridlar (triatsilglitserinlar) ya’ni yog’lar tashkil etadi. “Lipid” so’zining o’zi ham yunoncha “lipos”, ya'ni “yog’ ma’nosini bildiradi Yog`lar va moylar, ya’ni triglitseridlar tarkibida 300 dan ortiq karbon (yog`) kislotalari aniqlangan. Lekin bu yog` kislotalarining ko`pchiligi juda kam miqdorda yog` (yoki moy) tarkibida bo`ladi. Eng ko`p tarqalgan yog` kislotalari 12 223 tadan 18 tagacha uglerod atomiga ega bo`lib, juft sonli uglerod atomlaridan iborat bo`lgan tarmoqlanmagan uglerod – uglerod zanjirlaridan iboratdir. Deyarli barcha tabiiy moy va yog`lar tarkibiga stearin va pal’mitin kislotalari kiradi, indov (raps) moyi tarkibiga esa eruk kislotasi (C 22 1 ) ham kiradi. Eng keng tarqalgan moylar tarkibiga 1-3 ta qo`shbog`li to`yinmagan yog` kislotalari – olein, linol va linolein yog` kislotalari kiradi. 4 ta qo`shbog`li araxidon kislotasi esa hayvonlar yog`ida uchraydi. Baliq va suv hayvonlari yog`ida 5-6 ta qo`shbog`li yog` kislotalari borligi ham aniqlangan. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, deyarli barcha tabiiy moy va yog`lar tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalari tsis – konfiguratsiyali izomer holatida bo`ladi. Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, tabiiy yog`lar asosan triglitseridlardan tashkil topgan, bu triglitseridlar tarkibiga esa har xil to`yingan va to`yinmagan yog` kislotalari qoldiqlari (atsillar) kiradi. Tabiiy o`simlik moylarida triglitseridlarning sn-1 va sn-3 holatlarida asosan to`yingan yog` kislotalari qoldiqlari, sn-2 holatida esa asosan to`yinmagan yog` kislotalari qoldiqlari uchraydi. Hayvon yog`larining sn-1, sn-2 va sn-3 holati tarkibi esa aksincha bo`ladi. sn-1, sn-2 va sn-3 holatlardagi atsillarning joylashuvi tartibi glitseridlarning fizik – kimyoviy xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi. Yog`li xom-ashyodan ajratib olingan moylar tarkibida glitseridlardan tashhari hamroh yog`da eruvchan boshqa moddalar ham bo`ladi. Bu moddalar – steroidlar, pigmentlar, yog`da eruvchan vitaminlar va boshqa birikmalardir. Bu hamroh moddalar oziq-ovqat texnologiyasida katta rol’ o`ynaydi, mahsulotlarning oziqaviylik qiymatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Masalan, vitamin A, β – karotin kabi moddalarning organizmga foydasi haqida gapirilsa, xolesterinning turiga qarab, uning foydasi yoki zarari haqida gapirish mumkin. Yog`lardan ajratib olinadigan murakkab lipidlardan biri – fosfolipidlar oziq- ovqat sanoatida (non-qandolat, margarin sanoatlarida) ajoyib emul’gatorlar sifatida qo`llaniladi. Lipidli mahsulotlarni me`yori bilan iste`mol qilib turish shart. Chunki ular organizm uchun plastik-struktura materiali va energiya manbai (1g yog` 224 oksidlanganda 37,66 kdj yoki 9 kkal energiya ajraladi) bo`lib xizmat qiladi. Lipidlarning bir sutkalik iste`mol normasi o`rtacha 90 – 100g ni tashkil etadi. Lipidlarni kam iste`mol qilish yoki butunlay iste`mol qilmaslik odam organizmining immuniteti buzilishiga, asab tizimi (nerv sistemasi) faoliyati buzilishiga va umrning qisharishiga sabab bo`ladi. Lekin lipidlarni me`yordan ortiq iste`mol qilish ham haddan tashhari semirib ketishga, yurak-tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, oziqlanishda lipidlarning faqatgina miqdori emas, balki kimyoviy tarkibi ham katta ahamiyatga ega, xususan ulardagi o`ta to`yinmagan yog` kislotalari (linol C 18 2 , linolein C 18 3 va araxidon C 20 4 ) haqida alohida to`xtalib o`tish lozim. Chunki bu yog` kislotalari essentsial (ya`ni almashib bo`lmaydigan, organizmda sintez bo`lmaydigan) kislotalar hisoblanadi. Bu kislotalar odam organizmidagi hujayralar membranasining tuzilishida, prostaglandinlar (hujayralardagi modda almashinuvini, qon bosimini va trombotsitlar agregatsiyasini boshharuvchi murakkab organik birikmalar) sintezida, organizmdagi ortiqcha xolesterinni chiharib tashlashda ishtirok etishadi. Lekin bu funktsiyalarning barchasini to`yinmagan yog` kislotalari faqatgina tsis-izomer holatidagina bajara oladi. Shu sababli oziqlanishda ko`proq tabiiy o`simlik moylarini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Lekin, oziq-ovqat sanoatida ma`lum bir texnologik talablarga muvofiq qattiq yog`larga bo`lgan ehtiyoj kundan-kunga o`sib borayotir (margarin, konditer mahsulotlari ishlab chiharish uchun). Ammo, hayvon yog`lari va boshqa tabiiy qattiq yog`lar (kakos, pal’moyadro yog`lari) zahirasi (resurslari) kamligi tufayli, hozirgi paytda suyuq o`simlik moylarini qayta ishlab (gidrogenlash va pereeterifikatsiyalash usullari bilan) qattiq (ma`lum qattiqlikka, suyuqlanish haroratiga ega bo`lgan) yog`lar olish texnologiyalari qo`llaniladi. Gidrogenlashda to`yinmagan yog` kislotalari qoldiqlarining katalizatorlar ishtirokida vodorod bilan to`yinishi natijasida moyning yog` kislotalari tarkibi va glitserid (TAG) tarkibi o`zgaradi. Bunda uning qattiqligi, suyuqlanish harorati, 225 plastikligi va boshqa fizik-kimyoviy xossalari o`zgaradi. Bundan tashqari gidrogenlashtirilgan yog`lar oksidlanish ta`siriga chidamli bo`ladi, tez buzilmaydi. Qayta eterifikatsiyalashda (omuxtalashda) ma`lum katalizatorlar (natriy metilat, natriy etilat, natriy oksidi) ta`sirida atsillarning joy almashinuvi natijasida glitseridlarning tarkibi o`zgaradi va bu ham yog`larning fizik-kimyoviy xossalarining o`zgarishiga olib keladi. Lekin bunda yog`larning yog` kislotalari tarkibi o`zgarmaydi. Shu bilan birga qayta eterifikatsiyalangan yog`larda trans- izomerlar gidrogenlangan yog`lardagiga nisbatan ancha kam hosil bo`ladi yoki hosil bo’lmaydi. Bu esa yog`larning oziqaviylik qiymatini belgilab beradi. Yog`larni gidrogenlash, qayta eterifikatsiyalash va fraktsiyalarga ajratib qo`llash ulardan oziq-ovqat sanoatida har xil tayyor mahsulotlar olish imkonini yaratadi (konditer mahsulotlari, non mahsulotlari, margarin mahsulotlari va h.k.). Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling