I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Glitseridlarning oksidlanishi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

3.4.2.2. Glitseridlarning oksidlanishi 
Atsilgliserinlarni kislorod bilan oksidlanishi yetarlicha o'rganilmagan. Ushbu 
jarayon haqidagi tasavvurlar asosan yog' kislotalari efirlari va kichik molekulyar 
spirtlarning 
(metanol, 
etanol) 
oksidlanishini, 
shuningdek, 
odatda 
97% 
atsilgliserinlarni (triglitseridlarni) o'z ichiga olgan yog'larning oksidlanishini 
o'rganishga asoslangan. Shuning uchun, ushbu bo'limdagi o'rganish ob'ektlari 
bo’lmish glitseridlarni asosan atsilgliserinlar yoki yog'lar deb ataymiz.
Glitseridlar kislorod bilan ta`sirlashganda oksidlanadi. Ba`zi hollarda bu 
mahsulot sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatsa (yog`larning buzilishi), boshqa hollarda 
ijobiy ahamiyatga ega (yog`larning qurishi natijasida korroziyaga qarshi qatlam 
hosil bo`lishi). Bu jarayonning kinetikasi o`ziga xosdir. 
28-rasm. Erkin radikalli zanjirli reaktsiyaning 
kinematik egri chizig’i 
Aniqlanishicha, hali oksidlanmagan yog'larning kislorod bilan ta’sirlashuvi
qiyinroq kechadi. Bunday yog'lar bilan kislorodning kontaktining boshida 
oksidlanish juda juda sekin amalga osha boshlaydi. Har xil hollarda har xil 
davomiylikka ega kislorod ta'sirining ushbu davri (28-rasm) induktsiyon davr (OA) 


215 
deb ataladi. Uning davomiyligi jarayonning haroratiga, uni uzaytirish yoki to'liq 
yo'q qilinguncha qisqartirish esa bunga imkon beradigan maxsus moddalarning 
mavjudligiga bog'liqdir. 
Bir muncha vaqt o'tgach, yog'ning oksidlanish tezligi oshadi (A-б egri 
chizig'i). Ushbu jarayonning intensivligi turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, kinetik 
egri chiziq qanchalik tik bo'lsa, bu atsilgliserinlar tarkibidagi qo’shbog’lari 
izolyatsiyalangan to'yinmagan yog' kislotalari shunchalik ko’p ekanligini ko’rstadi. 
Keyinchalik oksidlanish tezligi pasaya boshlaydi va nihoyat jarayon tezligi 
maksimal darajaga etadi. Bu jarayonning ikkinchi davri bo’lib, u avtokoksidlanish 
uchun xosdir. Oksidlanishning notekis tezlashishi, ayniqsa, ushbu davr uchun 
xarakterlidir. 
Shunday 
qilib, 
ushbu 
boshlang’gich 
bosqichda 
yog' 
atsilgliserinlarining oksidlanishi tezlashadi va bu jarayon o`z-o`zidan tezlanadigan 
jarayon bo`lganligi sababli avtokatalitik deb ataladi (avtooksidlanish). 
Atsilglietseringa kislorod ta'sir qilishining uchinchi davrida bir muncha vaqt 
avtokoksidlanish tezligi doimiy ravishda saqlanib qoladi, so'ngra pasayadi (egri 
chiziqning б-в qismi, 28-rasm.). 
Glitseridlarning oksidlanishi tezligi ulardagi atsillarning tarkibiga bog`liq. 
To`yinmagan atsilli glitseridlar to`yinganlariga haraganda tezroq oksidlanadi. 
Polialken kislotalar monoalken kislotalarga nisbatan tezroq oksidlanadi. 
Harorat ko`tarilganda, nur ta`sirida, xususan qisqa to`lqinli nurlar ta`sirida 
(quyosh nuri, ul’trabinafsha nuri) yog`larning oksidlanish tezligi oshadi. 
Ba`zi 
moddalar 
glitseridlar 
oksidlanishini 
tezlashtirsa, 
boshqalari 
sekinlashtiradi. Masalan, azot dioksidi, ozon, turli valentliklarni namoyon etuvchi 
metallarning (kobal’t, marganets va h.k) birikmalari oksidlanishni tezlashtiruvchi 
moddalardir. Fenollar, naftollar, aromatik aminlar, xinonlar, nitrobirikmalar va 
h.k.lar atsiltriglitserinlar oksidlanishini sekinlashtiruvchi moddalar hisoblanadi. 
Glitseridlarning kislorod bilan oksidlanishida hosil bo`ladigan moddalar 
tarkibi juda murakkabdir. Ularni umumiy xarakterlash uchun uchta asosiy guruhga 
bo’lish mumkin: 


216 
1. Oksidlanish natijasida hosil bo`ladigan destruktsiya mahsulotlari. Bunda 
to`yinmagan atsillar destruktsiyasi to`yinganlarnikiga nisbatan tezroq sodir 
bo`ladi; 
2. Kislorodli qo`shimcha funktsional guruhlari bor bo`lgan birikmalar (ularda 
uglerod atomlari soni oksidlangan glitserid uglerod atomlari soniga teng 
bo`ladi), shuningdek, atsillarning izomerizatsiyasi mahsulotlari; 
3. Polimerizatsiya yoki polikondensatsiya mahsulotlari (bu birikmalarda 
kislorodli yangi funktsional guruhlar ham uchraydi). 
Bundan tashhari glitseridlarning oksidlanishi natijasida hosil bo`ladigan 
moddalar termostabillik yoki termolabillik namoyon etishi mumkin. Termolabil 
birikmalarga peroksidlar va bir oz kamroq darajada gidroksil va karbonil guruhlari 
kiradi. 
Glitseridlarning oksidlanish jarayoni gidroliz jarayoni bilan bir qatorda yog` 
moy mahsulotlarining saqlash davomida taxirlanib buzilishiga sabab bo`ladigan 
omillardan hisoblanadi. Shuningdek yog`larning taxirlanishida fermentativ 
oksidlanishning ham ta`siri kattadir. Bu jarayon lipaza va lipoksigenaza fermentlari 
ishtirokida amalga oshadi. 
Fermentativ 
taxirlanish 
yog`ning 
lipaza 
ta`sirida 
gidrolizlanishidan 
boshlanadi. 
Buning natijasida hosil bo`lgan linol kislotasi lipoksigenaza ta`sirida 
oksidlanadi: 


217 
Hosil bo`lgan peroksidlar 
va gidroperoksidlar keyinchalik yanada 
o`zgarishlarga uchrab, oksidlanishning ikkilamchi mahsulotlarini (al’degidlar, 
ketonlar va boshqa moddalar) hosil qilishi mumkin.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling