I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
3.4.1.2. Alkogoliz Yog` kislotalarining glitseridlari neytral metil yoki etil spirtlari bilan qizdirilganda, hattoki qaynatilganda ham tarkibi o`zgarmaydi. Ammo 80 0 C gacha qizdirilgan yog` 2 hajm metil spirtida eritilgan kaliy gidroksid (taxminan 0,9 n.li 206 eritma) bilan yaxshilab aralashtirilsa, bir necha daqiqadan so`ng aralashma tarkibidagi glitserinning alohida faza bo`lib ajralib chiqishini kuzatish mumkin. Tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, spirtli eritmada glitserin qatlami ustida yog`ning yog` kislotalari metil efirlari va birmuncha glitseridlar hosil bo`ladi. Bu reaktsiya ham bosqichli bo`lib, uning umumiy natijasini quyidagi tenglamalar orqali tasvirlash mumkin: Ko`rinib turibdiki, bu reaktsiya natijasida yog` kislotalari glitseridlaridan metil efirlari hosil bo`ladi. Murakkab efirlardagi bunday spirtlar almashinuvini alkogoliz, yoki qo`llanilgan spirt nomiga mos qilib metanoliz yoxud etanoliz deb atashadi. Umuman olganda alkogoliz yog`lar gidroliziga analogik jarayon bo`lib, farqi faqat shundaki, bu erda suv o`rniga ta`sirlashuvchi agent bo`lib spirt xizmat qiladi. Alkogoliz jarayoni katalizatorlar ishtirokida amalga oshiriladi (kaliy alkogolyati). Katalizatorsiz bu jarayon hatto 250 0 C da ham qiyin kechadi. 207 3.4.1.3. Sovunlanish Glitseridlarga ishqorlar ta`sir ettirilganda yog` kislotalari sovunlari hosil bo`lishi jarayoniga sovunlanish jarayoni deb ataladi. Sovunlanish jarayonining umumiy natijasini quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin: OH CH CHOH OH CH RCOOK KOH OCOR CH HOCOR C OCOR H C 2 2 2 | 2 | 3 3 Haqiqatda esa triglitseridlarning sovunlanish jarayoni ancha murakkab va bosqichli kechadi. Avvaliga ishqor ta`sirida yog`larda kam miqdorda uchraydigan erkin yog` kislotalari suvda eruvchan sovun hosil qiladi. Hosil bo`lgan sovun eritmasida glitseridlar juda mayda tomchilar sifatida tarqalib emul’siyalanadi. Shu sababli endi glitseridlar va suv ta`sirlashuvi yuzasi oshadi. Bu esa glitseridlar gidrolizi tezligining oshishiga olib keladi. O`z navbatida glitseridlar gidrolizi tezligini oshirishda gidroksil ionlarining katalitik ta`siri ham o`z rolini o`ynaydi. Triglitseridlar gidrolizi yuqorida ko`rsatilganidek bosqichma-bosqich amalga oshadi. Birinchi bosqichda hosil bo`ladigan diglitseridlar glitseridlar massasida qoladi, ajralib chiqqan erkin yog` kislotalari esa ishqor ta`sirida neytrallanib, suvda eruvchan sovunlar hosil qiladi: Yog` kislotalarini sovun sifatida glitserid massasidan chiharilishi muvozanatning siljishiga olib keladi va gidroliz davom eta boshlaydi. Ikkinchi bosqichda xuddi shunday tartibda diglitseridlardan monoglitseridlar, uchinchi bosqichda esa shu tartibda monoglitseridlardan glitserin va sovunlar hosil bo`ladi. 208 Di – va xususan monoglitseridlar ko`proq gidrofillik namoyon etishi munosabati bilan triglitseridlarga nisbatan tezroq gidrolizlanadi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling