I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Yog’ kislоtа qоldiqlаri (atsillar) ishtirоkidаgi rеаktsiyalаr


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

3.4.2. Yog’ kislоtа qоldiqlаri (atsillar) ishtirоkidаgi rеаktsiyalаr. 
3.4.2.1. Glitseridlar gidrogenizatsiyasi. 
Glitseridlarni gidrogenizatsiyalashdan asosiy maqsad - katalizatorlar 
ishtirokida glitseridlar tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalarini vodorod bilan 
to`yintirib, yog` kislotalari tarkibini o`zgartirish va demak glitseridlar tarkibi va 
xossalarini o`zgartirishdir. Bu jarayondan asosan suyuq moddalarni ma`lum 
darajada qotirishda foydalaniladi. Hosil bo`lgan mahsulotlar (salomaslar) 
gidrogenlashdan 
oldingi 
mahsulotlardan 
suyuqlanish 
harorati, 
qattiqligi, 
oksidlanish ta`siriga chidamliligi (turg`unligi) bilan farq qiladi. 
Ishlab chiharishda asosan gidrogenizatsiya nikel’ va mis-nikel’ katalizatorlari 
ishtirokida, 180-240 
0
C harorat ostida atmosfera bosimi yoki yuqoriroq bosim (3-
5)
.
1,01
.
10
5
, ba`zan hatto (20-25)
.
1,01
.
10
5
Pa bosim ostida amalga oshiriladi. 


210 
Gidrogenlashda asosiy reaktsiya, ya`ni to`yinmagan atsillarning vodorod bilan 
to`yinishi bilan birga quyidagi hamroh reaktsiyalar ham ro`y berishi mumkin: atsil-
lardagi 
qo`shbog`lar 
migratsiyasi; 
trans-izomerizatsiya; 
qisman 
qayta 
eterifikatsiyalanish. Bu hamroh jarayonlar hosil bo`ladigan salomaslarning 
suyuqlanish harorati va qattiqligiga sezilarli ta`sir etib, ko`pincha ular tarkibida 
oziqlanish uchun tavsiya etilmaydigan ba`zi moddalar hosil bo`lishiga ham sabab 
bo`lishi mumkin. Demak, yog`lar gidrogenizatsiyasi – bu vodorod va katalizator 
ishtirokida amalga oshadigan qator reaktsiyalarni o`ziga mujassam etuvchi 
jarayondir. Bu reaktsiyalarning asosiylari: 
1. Glitseridlar molekulasiga kiradigan atsillarning qo`shbog`ini to`yintirish: 














2
2
2
2
.
2
2
2
CH
CH
CH
СH
CH
CH
CH
CH
катал
H
Bu jarayon bosqichma-bosqich ma`lum tartibda (selektiv jarayon) yoki 
tartibsiz (noselektiv jarayon) amalga oshadi. Bunda yog` kislotalarining 
to`yinmaganlik darajasi kamaya boradi. 
2. Uglerod zanjiridagi qo`shbog`lar migratsiyasi pozitsion izomerlar hosil 
bo`lishiga olib kelishi mumkin: 
- CH
2
 – CH = CH – CH
2
 -
- CH
2
 – CH
2
 – CH = CH - 
3. Glitseridlar tarkibiga kiruvchi yog` kislotalari qoldiqlarining fazoviy 
konfiguratsiyasi o`zgarishi (tsis-trans izomerizatsiya) 
Tsis- forma
Trans- forma 
Yog'larni gidrogenatsiyalash jarayonida birinchi navbatda uchta, keyin ikkita, 
so’ngra esa bitta qo’shbog’li atsil vodorodni biriktiradi, ya'ni quyidagi ketma-
ketlik kuzatiladi: 
0
18
1
18
2
18
3
18
2
2
2
C
C
C
C
H
H
H

 


 


 






211 
Shu bilan birga, atsillarning gidrogenlanish, ya’ni vodorod bilan to’yinish 
tezligi ham mos ravishda xuddi shunday ketma-ketlikda pasaya boradi. Masalan, 
linolein kislotasi atsilining tajribada aniqlangan gidrogenlanish tezligi olein 
kislotasi atsilining gidrogenlanish tezligidan bir necha baravar katta bo'lishi 
mumkin. Atsillar gidrogenlanish tezligining triatsilgliserinlar tuzilishiga bog'liqligi 
juda kam. 
Turli qo’sbog’lar soniga ega bo’lgan atsillarning vodorod bilan tanlab ketma-
ket to'yinishi hodisasi gidrogenatsiya selektivligi degan tushuncha bilan 
tavsiflanadi. 
Gidrogenizatsiya selektivligiga katalizatorlar tabiati (turi) va harorat katta 
ta`sir ko`rsatadi. 
Agar biron bir kislotani (yoki uning atsilini) to’yintirishda etilen bog’larining 
soni bittaga kam bo'lgan boshqa kislotaning teng miqdori hosil bo'ladigan bo'lsa, 
unda selektivlik mutlaq hisoblanadi. Masalan, kungaboqar moyini mutlaq selektiv 
gidrogenizatsiyalashda uning tarkibidagi stearin kislotasi atsillarining miqdori toki 
linol kislotasi atsillari to’liq olein kislotasi atsillariga aylanmagunicha o’zgarmay 
turadi va shundan keyingina olein kislotasi atsillarini stearin kislotasi atsillariga
aylantirish boshlanadi. Biroq, amalda mutlaq selektivlikdagi gidrogenizatsiya 
bo’lmaydi. Selektivlikning sezilarli darajada pasayishi linolein kislotasining 
nisbatan past (20% dan kam) kontsentratsiyalarida kuzatiladi, chunki bunday 
sharoitlarda olein kislotasining gidrogenlanish (to’yinish) ehtimoli oshadi. 
Qo’shbog’lar orasidagi masofa qancha kichik bo'lsa, aralashmaning reaktivligi 
ham shuncha yuqori bo'ladi. Shunday qilib, linol kislotasining gidrogenlanish 
tezligi yuqori bo'lib, undagi qo’shbog’lar orasi faqat bitta metilen guruhi bilan 
ajralib turadi: —CH=CH—CH
2
—CH=CH— . Qo’shbog’lari konyugativ
bog'langan linol kislotasining izomeri —CH=CH— CH=CH— yanada yuqoriroq 
faollikni namoyon etadi. 
Selektivlik - bu iste'mol qilinadigan yog'-moylarni gidrogenlash jarayonining 
eng muhim sifat ko'rsatkichi bo'lib, u amaliy ahamiyatga ega. Noselektiv 
gidrogenlash bilan ozuqaviy qiymati past bo'lgan mahsulotlar olinadi, chunki 


212 
tarkibida stearin kislotasi bo'lgan suyuqlanish harorati yuqori triatsilgliserinlarning 
mavjudligi yog'larga yuqori qovushqoqlik, bir jinsli bo’lmagan konsistentsiya va
yoqimsiz yog'li ta'm beradi. Noselektiv to’yintirilgan yog'lar to'g'ridan-to'g'ri 
margarin mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tavsiya etilmaydi. Shuning uchun 
yog'larni gidrogenlashning selektivligini hisoblash usullari muhimdir. 
Modomiki, yog'lar gidrogenizatsiyasi asosan monoto'yinmagan yog’ 
kislotalari hosil bo'lgunga qadar amalga oshirilar ekan, selektivlikni faqat ikkita 
va bitta etilen bog’lari bo'lgan kislotalar uchun ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir 
(linol guruhi kislotalarini gidrogenlashning selektivligi). 
Gidrogenlash selektivligining mohiyati ketma-ket reaktsiyalar nisbati sifatida 
tushunilishidan kelib chiqqan holda, uni quyidagicha ifodalash mumkin: 
Bunda C

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling