I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
4.2. YOG’LARNING BUZILISHI
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
229 4.2. YOG’LARNING BUZILISHI Normal texnologik tartiblarga rioya qilgan holda, sifatli moyli xom ashyolardan olinadigan yog'larning har biri o'ziga xos ta'm va hidga ega bo’lib, uzoq vaqt saqlanishi davomida sifati o’zgarishi mumkin. Bunday o'zgarishlar, odatda, ularning atsilgliserinlaridan yangi o'ziga xos moddalarning paydo bo'lishi va ma'lum darajada tabiiy ta’m-maza, hid beruvchi moddalarning yo'qolishi natijasida yuzaga keladi. Yog'larning bu kabi ta'mi va hidining o'zgarishlari ba'zida iste'mol uchun yaroqsiz bo'lib qolishiga olib keladi. Ushbu hodisa iste’mol yog'ining (yoki moyining) buzilishi deb ataladi. Oziqaviy buzilish odatda asta- sekin rivojlanadi: dastlab tatib ko'rish paytida yog' tomoqda tirnalish hissiyotini keltirib chiqarishi mumkin, boshqa ba’zi hollarda - o'ziga xos “yonish” hissini. Keyinchalik u yoki bu belgisi bilan xarakterlanadigan yoqimsiz ta'm paydo bo'ladiki, bu ta’m yoqimsiz hid paydo bo’lishidan biroz oldinroq his etila boshlanadi. Vaqt o'tishi bilan yog'ning buzilish intensivligi kuchayadi, zero uning ta'mi va hidining nafaqat intensivligi, balki sifat jihatidan ham o'zgarishlari sodir bo’lishi mumkin. Oziqaviy yog' mahsulotlarining buzilishini organoleptik baholash juda sub'ektivdir. Suyuq o'simlik moylarining oziqaviy buzilishini tavsiflash uchun ko'pincha “taxirlanish”, “moydan olif hidining kelishi” kabi atamalardan foydalaniladi. Sariyog' va margarin mahsulotlarining buzilishini sifat jihatidan baholashda taxirlangan, "metallik", baliq, pishloq ta’mli, qotgan degan va boshqa atamalar qo'llaniladi. Adabiyotda yog'lar buzilishining bir necha asosiy va keng tarqalgan turlari ajratib ko'rsatilgan, ularda erkin yog 'kislotalari, peroksidlarning to'planishi, shuningdek, taxirlanishi va qotib qolishiga qarab kimyoviy jihatdan ularni nisbatan aniq aniqlash mumkin. Ushbu turdagi yog’larning buzilishi kimyoviy tomondan ularda asosan ma'lum kimyoviy birikmalar guruhiga kiruvchi moddalarning to'planishi bilan tavsiflanadi. Yog' buzilishining turi uning yog' kislotalari tarkibiga va saqlash 230 sharoitlariga bog'liq. Xuddi shu ikki holat yog' buzilishi rivojlanishining jadalligiga va yog' buzilishining tezligiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Agar dioksidning ta'siri ostida yog' buziladigan bo’lca, unda bu jarayonning tezligi yog'da oksidlanishning tezlatgichlari yoki antioksidantlar mavjudligiga ham bog'liq bo’ladi. Oksidlanish natijasida yog’larda kuzatiladigan o’zgarishlar, shu jumladan, bunda ularning buzilishi (taxirlanishi) haqidagi ma’lumotlar 3.4.2.2. bo’limda yoritilgan. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling