I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Kislorod ta’siri ostida yog’lar taxirlanishining mexanizmi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Kislorod ta’siri ostida yog’lar taxirlanishining mexanizmi. Hozirgi vaqtda 
avtosoksidlanish haqidagi tasavvurlar, yog'larning taxirlanishida ma’lum 
mahsulotlar (moddalar) hosil bo’lishi mexanizmini quyidagicha tushunishga imkon 
beradi. 
Odatda 15-30
0
C haroratlarda sodir bo'ladigan taxirlanish yog'dagi erkin va 
bog'langan yog' kislotalarining uglevodorod radikallariga turli metilen guruhlari 
bo’yicha birvarakayiga, ammo har xil darajada dikislorodning hujumi natijasidir. 
Buning natijasida, yog’ning taxirlanishida yog' kislotalaridan bir vaqtning 
o'zida turli xil miqdordagi uglerod atomlariga ega bo'lgan bir qator parchalanish 
mahsulotlari hosil bo'ladi. Bu, shubhasiz, taxirlangan yog'da turli xil kislorodli 
funktsional guruhlarga ega bo'lgan bir qator gomologlarning (bir qator bir va ikki 


235 
asosli kislotalar, bir qator al’degidlar hamda ketonlar va boshqalar) paydo bo'lishi 
bilan bog’liqdir.
Monoto’yinmagan kislota gidroperoksidining yoki uning murakkab efirining 
glitserin bilan parchalanishini quyidagi umumiy qabul qilingan sxema orqali 
tavsiflash mumkin: 
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, olein kislotasini yoki uning efirini glitserin 
bilan oksidlash jarayonida to'rtta izomer gidroperoksid hosil bo'lishi mumkin, o’z 
navbatida ular ham o’zgarishlarga uchrab, al'degid guruhiga ega sakkiz xil 
mahsulot hosil bo'ladi. Bundan tashqari, qo'shbog'lari bor bo'lgan uglevodorod 
radikallari keyingi o'zgarishlarga duch kelib, izomer al'degidlar miqdori oshishi 
mumkin, masalan, quyidagi sxema bo'yicha: 
To'yinmagan kislotalarning hamda va ularning atsilgliserinlarining peroksid 
radikali izomerizatsiyasi tsiklik peroksidlarning shakllanishiga olib kelishi 
mumkin. Masalan, linol kislotasi yoki uning atsilgliserinlarini oksidlash jarayonida 
quyidagi tarkibdagi peroksid mahsulotlari yoki boshqa izomerlar hosil bo'lishi 
mumkin: 
Olingan mahsulotlar juda beqaror va keyingi o'zgarishlarga uchraydi. 
Ko'p miqdorda to'yingan yog 'kislotalariga ega yog'larning oziqaviy 
buzilishida bu buzilishning sababchilari metilketonlardir. Metilketonlarning hosil 


236 
bo’lishini quyidagi sxema bo'yicha tushuntirish mumkin: 
Ma'lumki, 3-keto kislotalar va ularning efirlari unchalik ham barqaror emas 
va parchalanishi mumkin:
Taxirlangan yog’lar tarkibiga molekulasida epoksid guruhlari bo’lgan bunday 
mahsulotlar ham kirishi mumkin.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling