I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
239 4.2.4. Yog’larning termik o`zgarishlari Tarkibida odatda asosan to`yingan va monoalken kislotalari glitseridlari bo`lgan qattiq yog`lar ma`lum haroratgacha qizdirilganda suyuqlanadi. Qizdirish yana davom ettirilsa, suyuqlangan yog`ning qovushqoqligi pasayadi. Agar bunday yog`lar haddan tashhari qizdirilmasa yoki bunda havo kislorodi bilan ta`sirlashmasa, qovushqoqlik boshqa oshmaydi. Bunday yog`larni 250-300 0 C harorat ostida uzoq muddat qizdirish ko`z va burun shilliq pardalariga qattiq ta`sir etib, qichitadigan (qo`zg`atadigan) moddalar hosil bo`lishiga olib keladi. Bu uchuvchan moddalar tarkibiga ko`z yoshini chiqarish ta`siriga ega bo`lgan akrolein kiradi. Bunday paytda yog`lar tarkibida erkin yog` kislotalari va sovunlanmaydigan moddalar miqdori oshadi. Bu moddalarning barchasining hosil bo`lishi glitseridlarning termik parchalanishi bilan bog`liqdir. Agar qizdirish apparatlari devorlari katalitik ta`sir etuvchi materiallardan qilingan bo`lsa, bu jarayonlar yanada tezroq sodir bo`ladi. Ba`zi tadqiqotchilarning taxminiga ko`ra ko`rsatib o`tilgan sharoitlarda glitseridlarning termik parchalanishi ko`pincha birlamchi moddalar sifatida akrolein, erkin yog` kislotalari va ketenlar hosil bo`lishi bilan boradi: Ketenlar yuqori reaktsion qobiliyatga ega ekanligi sababli tezda polimerlanadilar yoki suv bilan ta`sirlashib, kislotalarga aylanishadi: To`yinmaganlik darajasi yuqoriroq bo`lgan glitseridlarning termik parchalanishi ham analogik sxema bo`yicha borishi mumkin, ammo ularda keyingi mavzuda tavsiflab beriladigan termik zichlanish ham ro`y berishi mumkin. Yog`larning atmosfera bosimi ostida asta-sekinlik bilan haroratni oshirib borib qizdirishga davom ettirilsa, 310-320 0 C da glitseridlar shunchalik darajada parcha- lanadiki, bunda distillyat va sovutilganda kondensatsiyalanmaydigan mahsulotlar hosil bo`ladi. Distillyat tarkibiga erkin yog` kislotalari va sovunlanmaydigan 240 moddalar kiradi. Harorat yanada ko`tarilib, qizdirish davom ettirilaverilsa, glitseridlarning termik parchalanishi qizdirish apparatida kuygindi qoldig`i qolgunicha davom etadi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling