I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gossipol va uning analoglari.
72
O 5 N 4 Mg, b – xlorofill formulasi esa - C 55 H 70 O 6 N 4 Mg. Xlorofillar yog`larda va erituvchilarda yaxshi eriydi. Gossipol va uning analoglari. Paxta chigiti yadrosida sariq rangdan to to`q qo`ng`ir ranggacha tusga ega bo`lgan gossipol deb ataladigan hamroh modda va uning analoglari uchraydi. Uning umumiy formulasi C 30 H 30 O 8 . Bu tarkibida ikki karbonil guruhi bo`lgan polifenol molekulasidir. Bu modda uch turdagi tautomer formalarda uchraydi: H 3 C CH 3 CH 3 СH 3 Ch 3 СH 3 Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 CH 3 СH 3 CH 3 СH 3 CH 3 CH 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 С Ch 3 259 Gossipol kristallari qaysi polimorf modifikatsiyada ekanligiga qarab 184, 199 va 214 0 C da suyuqlanadi. Gossipol metanol, etanol, dietil efiri, atseton, xloroform, piridinda eriydi. Glitserinda, benzolda, petrol efirida (60-110 0 C da) yomon eriydi. 30-60 0 C dagi petrol efirida, suvda umuman erimaydi. Ul’trabinafsha nurlari spektrida gossipolning uchta yutish maksimumlari bor: 237, 290 va 366 nm.dagi to`lqin uzunliklarida. Gossipol antranil kislotasi bilan moyda erimaydigan birikma hosil qiladi: Bu reaktsiyadan paxta moyidan gossipolni ajratib olishda foydalanishadi. Gossipol o'zini kuchli dikarbon kislotasi sifatida namoyon qiladi va ishqoriy metallarning gidroksidlari bilan gossipolyatlar deb ataluvchi fenolyatlar hosil qiladi. Ishqoriy metallarning gossipolyatlari suvda eruvchan. Ular Feling eritmasini, kumush oksidining ammiakli eritmasini qaytaradi, faol antioksidant hisoblanadi. 260 Qizdirilganda gossipol amin guruhiga ega bo`lgan birikmalar, masalan anilin, piridin bilan reaktsiyaga kirishadi va bu reaktsiyalardan gossipol miqdorini tajribada aniqlashda foydalaniladi. Gossipol oqsillar bilan ham ta`sirlashib, moyda erimaydigan birikmalar hosil qilishi mumkin. Gossipol kuchsiz toksik modda, uning letal dozasi 2250-3340 mg/kg. Gossipol analoglari jumlasiga gossipurpurin, gossikaeruin va gossiful’vin kabilar kiradi. Gossipurpurin paxta moyidan gossipol bilan birga olinadi. U bu aralashmaga qizg'ish rang beradi. Gossipurpurinni uning gossipol bilan aralashmasidan petrol (neft) efiri bo'lgan xloroformdan kristallizatsiyalab ajratib olish mumkin. Paxta moyida gossipurpurin gossipolga qaraganda ancha kam. Gossipurpurin atsetonda, xloroformda, piridinda eriydi, neft efirida, metanolda kam eriydi. Bundan gossipurpurinni gossipoldan ajratishda foydalanish mumkin. Gossipurpurin - deyarli qora bo'lib ko'rinadigan quyuq binafsha, mikrokristallik massa. Kristallar 200–204 0 C haroratda suyuladi. Gossipurpurinning xloroform eritmasidagi spektrida to'lqin uzunliklari 326-327 va 370–371 nm bo'lgan ikkita maksimal yutilish chiziqlari mavjud. Spektrning ko'rinadigan qismida 530 va 565-566 nm oralig'ida ikkita maksimal yutilish chizig’i mavjud. Eritmalarda, ayniqsa, ishqoriy metallarning gidroksidlari va kislotalar ishtirokida, gossipurpurin parchalanib, tarkibi bo’yicha hali o'rganilmagan sariq pigment hosil qiladi. Gossipurpurinning tarkibi aniq aniqlanmagan. Uning formulasi C Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling