262
guruhlarning mavjudligi bilan birga ularning uchuvchanlik xususiyatlari
umumiydir.
Yog'lar tarkibida ularning ta'mi va hidiga sabab bo’ladigan moddalar odatda
juda kam miqdorda bo'ladi.
Yog'larning ta'mi va hidi turli sinflarga tegishli bo'lgan ko'plab
miqdordagi
moddalarning aralashmasidan kelib chiqadi.
Yog`larning hidi va ta`miga sabab bo`ladigan hamroh moddalar
quyidagilardir: to`yingan va to`yinmagan uglevodorodlar (jumladan terpenlar),
to`yingan va to`yinmagan al’degidlar, ketonlar,
spirtlar, uchuvchan yog`
kislotalari, murakkab efirlar, tarkibida azot va oltingugurti bor ba`zi boshqa
moddalar.
Yog'larning hidini tashuvchilar ularning ta'mini tashuvchilardan ko’ra
ko'proq o'rganilgan. Hid tashuvchilarning tarkibi odatda
dezodoratsiya natijasida
yog'dan chiqarib tashlanadigan uchuvchan moddalar tarkibi bilan baholanadi.
O'simlik yog'laridan ajralib chiqadigan uchuvchan moddalar tarkibini
o'rganish natijasida ularning hidi alifatik uglevodorodlar bilan birga metilketonlar
yoki terpenlar bilan bog’liq degan xulosa qilish mumkin.
Obdon tozalash (rafinatsiyalash), ayniqsa dezodoratsiyalash yog'
hidi va
begona ta'mining yo'qolishiga olib keladi. Shuning uchun, bu organoleptik
xususiyatlarning tashuvchilari deb asosan oson uchuvchan
moddalarni hisoblash
kerak. Hid va ta'mni tashuvchi qiyin uchuvchan moddalar vodorod bilan qaytarish,
kuchli oksidlovchilar va boshqa reagentlar ta'sirida bartaraf etilishi yoki hidsiz va
ta’msiz moddalarga aylantirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: