I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

2
vitamini va A provitamini uchraydi. 
4.3.7.3.  guruhi vitaminlari (Tokoferollar) 
E guruhidagi vitaminlar - bu reproduktiv (ko’payish) organlarning faoliyatini 
tartibga soluvchi moddalardir. Ular tokoferollar deb ataladigan yuqori molekulyar 
og'irlikdagi tsiklik spirtlardir. Tokoferollar turli xil miqdorda o'simlik moylarida 
uchraydi. Ayniqsa, bug'doy urug'i moyi, makkajo'xori va boshqa donlarning yog'-
moylari ularga boydir. O'simliklarda tokoferollar ko'pincha karotinoidlar va 
xlorofillarga hamroh bo'ladi. Hayvonlarning yog'larida tokoferollar oz miqdorlarda 
uchraydi, baliq moylarida esa deyarli yo'q. 
Tokoferollarning yettita shakli ma'lum. Ulardan to'rttasi (α, β, γ, δ) urug'lar 
va mevalarning yog'-moylarida bo'ladi; 
ℇ va ξ shakldagilari esa donli ekinlarning 
lipidlarida topilgan. 
Ko'rsatib o’tilgan tokoferollarning izomerlaridan α –tokoferol (C
29
H
50
O
2

biologik jihatdan eng faol bo’lib, uning struktura formulasi:
Yog'lardan ajratib olingan tokoferollarning aralashmasi ko'pincha kuchli 
antioksidant ta'siri bilan ajralib turadi. 


266 
Bir qator yog'larning molekulyar kislorod bilan oksidlanishiga nisbatan yuqori 
barqarorligi ularda ba'zi tokoferollar izomerlarining mavjudligi bilan bog'liqdir 
(31-jadval). Aniqlanishicha, tokoferolning biologik faolligi qanchalik kuchli bo'lsa, 
uning antioksidantlik ta'siri shunchalik zaif bo'ladi. Eng kuchli antioksidant δ -
tokoferoldir. 
31-jadval 
Yog’-moylardagi tokoferollar tarkibi 
Yog’-moylar 
Umumiy 
miqdori, mg% 
Tokoferollarning izomerlari, umumiy 
miqdoriga nisbatan % larda 
α 
β 
γ 
Moylar: 
soya 
90-280 
13,5 
59,0 
27,5 
makkajo’xori 
100-250 
11,0 
89,0 

paxta 
90-100 
58,0 
42,0 

kungaboqar 
~ 70 
92,0 

7,8 
indov 
~ 50 
27,0 
73,0 

Yog’lar: 
Sigir yog’i 
~ 1 



Sigir 
sutining 
yog’i(Sariyog’) 
1,7-4,2 



Xom ashyolardan ajratilgan tokoferollar rangsiz yog'ga o’xshaydi, uning 
spektrida 295 nm to'lqin uzunligida xarakterli yutilish maksimumi mavjud. 
Benzolda tokoferollar yorug'likning polarizatsiya tekisligini o'ng tomonga 
buradilar. 
Tokoferollar yog'lar va yog' erituvchilarida eriydi, suvda erimaydi. Yog' 
sovunlanganida, ishqoriy metall gidroksidlarining spirtli eritmalari 35-40
0

haroratda tokoferollarga ta'sir qilmaydi va shuning uchun ularni yog'lardan 
sovunlanmaydigan moddalar bilan birga ajratib olish mumkin. 
Ishqoriy metall gidroksidi bilan yuqori haroratlarda qizdirish tokoferollarni 
qisman dezaktivlashtiradi. 


267 
Ular termostabil va hatto 200-220
0
C haroratgacha qizdiriladigan yog'larda 
ham saqlanadi. Ularning termik inaktivatsiyasi faqatgina taxminan 350 
0

haroratda sodir bo'ladi. Havo kislorodi tokoferollarga nisbatan sust ta'sir qiladi. 
Tokoferollar vodorod bilan to’yintirilgan (gidrogenlangan) yog'larda hatto 
ular 240
0
C haroratda olingan bo'lsa ham saqlanadi. 
Kunduzgi yorug'lik tokoferollarning faolligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi, 
ammo ultrabinafsha nurlar bilan nurlanishi ularning tez inaktivatsiyalanishiga olib 
keladi. Tokoferollar suyultirilgan mineral kislotalarning ta'siriga chidamli. 
Konsentrlangan xlorid kislotasi bilan ularni hatto 100
0
C haroratda qisqa muddatli 
qizdirish ham mumkin. 
Ishqoriy metall gidroksidi eritmasi bilan qaynatish tokoferollarning 
parchalanishiga olib keladi. Ular kuchli oksidlovchi moddalar (benzoil 
gidroperoksidi, ozon va boshqalar) tomonidan parchalanadi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling