269
kislotalaridan
tashkil topganligi, ularning sturkturasi, shuningdek yog`lar
tarkibidagi asosiy hamroh moddalar bilan bog`liqdir. Bu ko`rsatkichlarning
ba`zilariga «sonlar» deb nom berilgan bo`lib, ular yog`
kislotalari tarkibi va
miqdori bilan bog`liqdir (masalan, sovunlanish soni,
efir soni, iod soni,
gidroksil
soni, kislota soni, va h.k). Boshqa ba`zi ko`rsatkichlarning esa maxsus nomi yo`q
(zichlik,
qotish va suyuqlanish harorati, optik xossalar va h.k.). Glitseridlarga
hamroh bo`luvchi bir qator hamroh moddalar miqdori yog`
massasiga nisbatan
foizlarda beriladi, ba`zan esa - tegishli modda molekulasi
tarkibidagi spetsifik
atomlar funktsional guruhlariga nisbatan foizlar miqdori qayta hisoblanadi.
Ushbu ko`rsatkichlarning ko`pchiligi standartlarga kiritilgan bo`lib,
eksperimental tarzda aniqlangan ko`rsatkichlarni standart ko`rsatkichlar bilan
solishtirish yog`lar sifatini taqqoslash va identifikatsiyalash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: