I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
vitamini muhim ahamiyatga ega. D
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
3
vitamini muhim ahamiyatga ega. D 4 va D 5 vitaminlari D 2 va D 3 vitaminlariga qaraganda ancha zaif antiraxitik xususiyatlarga ega. 4.3.7.2. A guruhi vitaminlari Odamning hayot faoliyatida ko'plab kasalliklar, uning oziq-ovqat ratsionida A guruhining vitaminlari - o'sish vitaminlari yo'qligi yoki kamligi sababli kuzatiladi. Bu vitaminlar, shuningdek, ko'rish qobiliyatining zaiflashuvidan himoya qiladi. A vitaminlari hayvonlarning tanasiga oziq-ovqat bilan kiradigan karotinlarga karotinaza fermentining ta'siri natijasida hosil bo'ladi. A vitaminining manbai bo’lib, shuningdek, mikrobiologik karotin xizmat qiladi. U o'simlik moylari (kungaboqar, paxta, soya) yordamida ekstraktsiya qilish orqali Blakeslea trispora zamburugining biomassasidan olinadi. Yog' tarkibidagi mikrobiologik karotin eritmasi to'q sariq rangdagi moyli suyuqlikdir. Ushbu preparat suvda erimaydi, xloroform, benzin, neft (petrol) efirida oson eriydi. A vitamini birlamchi spirt - retinol bo'lib, uning umumiy formulasi C 20 H 30 O va strukturasi quyidagicha: A vitamini juda reaktiv moddadir. Yuqori to'yinmaganlik darajasi tufayli u havo bilan oson oksidlanadi va biologik faolligini yo'qotadi. A vitamini yog'larni oksidlash jarayonida hosil bo'lgan gidroperoksid bilan oson oksidlanadi. Kislorodsiz muhitda A vitaminining faolligini yo'qotmasdan 120 0 C gacha qizdirish mumkin, ammo 130 0 C haroratda uning faolligi yo’qoladi. A vitamini turli xil erituvchilarda yaxshi eriydi. 265 Gidrogenizatsiya paytida A vitamini vodorod bilan to'yinadi va natijada faolligini yo’qotadi. Ishqoriy metall gidroksidining spirtli eritmalari unga sezilarli ta'sir ko'rsatolmaydi. Qisqa to'lqinli nurlanish A vitamini inaktivatsiyasini keltirib chiqaradi. To'lqin uzunligi 365 nm bo'lgan ultrabinafsha nurlar ayniqsa kuchli. A vitaminining turg’unligi turli xil yog'larda turlicha bo'lib, turli kislotalar bilan eterifikatsiyalashtirilgandan keyin uning turg’unligi yanada oshadi. Tabiatda A vitaminidan tashqari erkin va eterifikatsiyalangan holatlarda A Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling