I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog`dagi glitserin miqdori (G)
Yog` kislotalari miqdorini kislota soniga qarab va tekshirilayotgan yog`ning
taxminiy yog` kislotalari tarkibini bilib turib, quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: 100 % НС КС ЁК , Bunda KC – yog`ning kislota soni; HC – yog`dan ajratib olingan yog` kislotalarining neytrallanish soni. Yog`dagi glitseridlar miqdori (ATsG) quyidagi ayirmaga asosan hisoblanadi: ATsG = (100 - e.yo.k. - s.m.), % mas. Bunda e.yo.k.- erkin yog` kislotalari miqdori, % mas.; s.m. – sovunlanmaydigan moddalar miqdori, % mas. (massaviy foiz hisobida). Yog`dagi glitserin miqdori (G) efir soni (EC)ga asosan quyidagi formula bo`yicha hisoblanishi mumkin: %G = 0,547 EC 274 Lekin yog`da mono- va diglitseridlarning ma`lum miqdorda mavjudligi ushbu hisoblashdagi xatoliklarga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun birmuncha aniq natijalarga glitserinni bevosita aniqlash yo`li bilan erishiladi. Bu maqsadda qo`llaniladigan bir qator usullardan glitserinning nordon (kislotali) muhitda yodat kislotasi ta`sirida oksidlanishiga asoslangan usul keng tarqalgan: C 3 H 8 O 3 +2HJO 4 2HCHO+HCOOH+2HJO 3 +H 2 O Oksidlanishga sarflangan yodat kislotasi miqdoriga asosan glitserin miqdori hisoblanadi. Yog`lar va ularning komponentlari tadqiqoti yog`larning tarkibi va sifati ko`rsatkichlarini aniqlashga nisbatan murakkabroq masalalarni echishga – atsilglitserinlar, yog` kislotalari, yog`larning yo`ldosh (hamroh) moddalari tarkibi va strukturasini o`rganishga, shuningdek, bu moddalarning (mahsulotlarning) har xil fizikaviy va kimyoviy agentlari ta`siridagi turli o`zgarishlarini o`rganishga qaratilgandir. Bu tadqiqotlar odatda ko`p bosqichli bo`lib, ko`pincha dastlab murakkab aralashmalarni alohida komponentlar yoki fraktsiyalarga ajratish hamda ularning turli hosilalarini hosil qilib olish bilan bog`liqdir. Bunday tadqiqotlar organik kimyo va yog`lar kimyosida qabul qilingan bir qator usullar, shu jumladan, spektroskopik, rentgenostruktura, xromatografik, termik va boshqa usullar yordamida amalga oshiriladi. Bu usullarning to`la tavsifi maxsus qo`llanma va adabiyotlarda keltirilgan. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling