(P + H)
3
= GP
3
+ 3GP
2
H + 3GPH
2
+ GH
3
= 1
bunda G – tegishli yog` kislotalarining glitseridlari.
Ko`pgina tajribaviy materiallarga asosan triglitseridlarning stereospetsifik
tuzilishi (taqsimoti) haqida quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
Tarkibida ko`p polialken kislotalari (40-50% va undan ko`p ) bo`lgan o`simlik
moylarida, shuningdek, tarkibida ko`p to`yingan kislotalari (65% dan ko`p)
bo`lgan o`simlik urug`lari va mevalarining yog`larida glitseridlardagi yog`
kislotalari taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir, masalan, kungaboqar, paxta
moyi, kokos va pal’ma yog`larida. Agar to`yingan yog` kislotalari yog`larda,
jumladan suv hayvonlari yog`larida ham kam bo`lsa glitseridlardagi yog`
kislotalari taqsimoti teng taqsimlangan bo`ladi. Ko`pgina hayvonlar yog`ida ham
glitseridlardagi yog` kislotalari teng taqsimlangan bo`ladi. O`t-o`lanlar bilan
oziqlanadigan hayvonlar yog`i va stearin kislotasiga boy yog`lardagi atsillar
taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir.
Tayanch iboralar:
Atsillarning yog`larda statistic (to’satdan) taqsimlanishi, atsillarning
yog`larda bir tekis (teng) taqsimlanishi, stereospetsifik tahlil
Nazorat savollari:
1. Yog`larda to`yingan va to`yinmagan atsillar qanday tartibda taqsimlangan
bo`lishi mumkin?
2. Kakao moyining o`ziga xos texnologik xususiyatlari nima bilan
belgilanadi?
3. Yog`larning atsillari sn-1, sn-2 va sn-3 holatlarda taqsimlanishi
(joylashuvi) qanday ahamiyatga ega?
4. Yog`larni stereospetsifik tahlil etishning mohiyatini tushuntirib bering.
5. Molekulyar va molekulalararo qayta eterifikatsiyalanish (omuxtalanish)
tushunchalarini tushuntirib bering.
6. Qayta eterifikatsiyalanishning qanday katalizatorlarini bilasiz?
7. Agar yog` tarkibida 7 ta yog` kislotasi bo`lsa, strukturasi va tarkibi bilan
farq qiladigan necha turdagi triglitseridlar hosil bo`lishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |