I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Yog’ kislotalarining izomerizatsiyasi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

2.5.5. Yog’ kislotalarining izomerizatsiyasi. 
Izomerizatsiya 
asosan 
to'yinmagan 
yog' 
kislotalaridagi 
o’zgarishlar 
jarayonida, shuningdek, yog' kislotalariga kiritilgan ba'zi funktsional guruhlarning 
ajralishi paytida, xususan, ularning o'zaro qo’shbog’lar orqali bog'lanish joyida 
bo'ladi. Bunda dastlabki to'yinmagan kislotalarga qaraganda qo’shbog’larining 
joylashuvi boshqacha bo’lgan va boshqacha fazoviy konfiguratsiyaga ega 
to'yinmagan yog' kislotalari hosil bo'ladi. 
Nisbatan kam uchraydigan izomerizatsiya - bu yog' kislotalaridagi uglerod 
atomlari tekis zanjirining tarmoqlangan zanjirga aylanishidir. 
To'yinmagan yog' kislotalari izomerizatsiyasining bir necha turlari ma'lum: 
to'yinmagan yog' kislotalarining molekulalari fazoviy konfiguratsiyasining 
o'zgarishi, qo’shbog’larning siljishi va tsiklizatsiya. 
Karbon kislotalariga xos bo’lgan struktura va fazoviy izomerlanish turlaridan 
yog’ kislotalari uchun xususan pozitsion va geometrik izomerizatsiyalar katta 
ahamiyatga egadir. 


172 
Pozitsion izomerizatsiya odatda to`yinmagan yog` kislotlaridagi qo`shbog`lar 
migratsiyasi bilan bog`liq bo`lib, buni misol tariqasida quyidagicha tasvirlash 
mumkin:
To`yinmagan yog` kislotalarida fazoviy (tsis-trans), yoki, boshqacha 
aytganda, geometrik izomerizatsiya ham kuzatiladi. Tabiiy o`simlik moylaridagi 
to`yinmagan yog` kislotalari asosan tsis- izomer holida bo`lishi aniqlangan. 
Eleostearin kislotasi bundan mustasno. Hayvonlar yog`ida ham tsis- izomer 
holidagi kislotalar miqdori ko`p, ammo, trans- formadagi kislotalar ham uchraydi. 
To`yinmagan yog` kislotalari geometrik (tsis-trans) izomerizatsiyasini 
quyidagicha umumiy qilib tasvirlash mumkin:
tsis-forma 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling