I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
To’yinmagan yog’ kislotalari
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
2.5.4. To’yinmagan yog’ kislotalari
qo’shbog’larining vodorod bilan to’yinishi To'yinmagan yog' kislotalari qo’shbog’larining vodorod bilan to'yinishi ular qizil fosfor ishtirokida konsentrlangan gidroiod kislotasi (zichligi 2000 kg/m 3 ) bilan yopilgan shisha ampulalarda 220-240 0 C haroratda qizdirilganda quyidagi sxema bo'yicha sodir bo'ladi: R—СН=СН—R 1 — COOH + 2HI → R—CH 2 —СН 2 — R 1 — СООН + I 2 Bunda kislotalarda qo’shbog’larning to'yinishi bilan bir vaqtda, ular karboksilining metil guruhigacha qaytarilishi mumkin. To'yinmagan yog' kislotalaridagi qo’shbog’lar gidrazingidrat eritmasi bilan qizdirilganda vodorod bilan to'yinadi. 170 Molekulyar vodorod hattoki yuqori harorat va yuqori bosim ostida ham to'yinmagan yog' kislotalarini to'yintirmaydi. Ularning molekulyar vodorod bilan to'yinishi (gidrogenlash) faqat katalizatorlar ishtirokida sodir bo'ladi, bu esa gidrogenlash paytidagi yuqori faollashuv energiyasidan dalolat beradi. Katalizatorning roli koordinatsion kompleks birikmalar hosil bo'lishi natijasida faollashuv energiyasini pasaytirishdan iborat. Faol katalizatorlar - bu maxsus sharoitlarda tayyorlangan palladiy, platina, nikel’, misdir. Ko'pincha ular mayda bo'lingan geterogen dispers holatda qo'llaniladi. To'yinmagan yog' kislotalaridagi qo’shbog’larning vodorod bilan to'yinishi: Ushbu reaktsiya qaytar reaktsiya bo'lib, uning yo'nalishi harorat va bosimga bog'liq. Teskari jarayon - bu degidrogenatsiya, ya’ni vodorod molekulasini ajratib olib, qo’shbog’ni shakllantirilishi. Bu jarayon gidrogenizatsiya jarayoniga nisbatan yuqori haroratlarda amalga oshishi mumkin. Tajribaviy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, to'yingan yog' kislotalari vodorod bilan to'yingan bo'lsa, degidrogenizatsiya faqat 300 0 C dan yuqori haroratlarda sodir bo'lishi mumkin. Ushbu haroratda ishlab chiqarish korxonalarida gidrogenizatsiya amalga oshirilmaydi va gidrogenlash jarayonida to'yinmagan kislotalar hosil bo'lmaydi. To'yinmagan yog' kislotalarning gidrogenlanish tezligi ularning molekulyar og'irligiga bog'liq. Qo’shbog’lari soni bir xil bo’lgani holda molekulyar og'irlikning oshishi bilan eruk kislotasining gidrogenlanish tezligi olein kislotasinikiga qaraganda sezilarli darajada past bo'ladi. Efirlarning gidrogenlanish tezligi ham har xil. Tsis-to'yinmagan yog' kislotalari trans-to'yinmaganlariga qaraganda bir oz yuqori tezlikda to’yinadi. Qo’shbog’larning to'yinish tezligi ularning yog' kislotasi molekulalarida joylashishiga ham bog'liq. Karboksil guruhiga yaqin joylashgan qo’shbog’lar, ayniqsa 2-3 bog'lanish, zanjirda karboksil guruhidan yanada uzoqroq joylashgan 171 qo’shbog’larga qaraganda sekinroq to’yinadi. Qo’shbog’larning karboksildan uzoqlashuvi bilan ular faolligiga karboksilning tormozlovchi ta’siri kamaya boradi. Shu sababli linol va linolein kislotalarida karboksildan uzoqroq joylashgan qo’shbog’lar, garchi ular karboksilga biroz yaqinroq bo'lganlariga qaraganda tezroq to’yinadigan bo'lsa ham, bu unchalik ko'p farqga ega emasdir. Yog' kislotalaridagi konyugatsiyalangan (birin-ketin joylashgan) qo’shbog’lar tizimlari son jihatidan mos bo’lgan izolyatsiyalangan qo’shbog’larning tizimlariga qaraganda vodorod bilan tezroq to'yinadi. Yog' kislotalari ularning efirlariga qaraganda sekinroq to’yinadi. Bu yog' kislotalarining katalizatorda nafaqat qo'shbog’lari orqali, balki karboksil guruhi bilan ham sorbsiyalanish ehtimoli bilan bog'liqdir. Ushbu farqga qaramay, to'yinmagan yog' kislotalarini gidrogenlashning fizik-kimyoviy mexanizmi ularning triatsilglitserinlarini (ya’ni yog’larni) gidrogenlash mexanizmiga mutlaqo o'xshashdir. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling