I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

(P + H)
3
 
= GP
3
 + 3GP
2
H + 3GPH
2
 + GH
3
 = 1 
bunda G – tegishli yog` kislotalarining glitseridlari. 
Ko`pgina tajribaviy materiallarga asosan triglitseridlarning stereospetsifik 
tuzilishi (taqsimoti) haqida quyidagi xulosalarni qilish mumkin: 
Tarkibida ko`p polialken kislotalari (40-50% va undan ko`p ) bo`lgan o`simlik 
moylarida, shuningdek, tarkibida ko`p to`yingan kislotalari (65% dan ko`p) 
bo`lgan o`simlik urug`lari va mevalarining yog`larida glitseridlardagi yog` 
kislotalari taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir, masalan, kungaboqar, paxta 
moyi, kokos va pal’ma yog`larida. Agar to`yingan yog` kislotalari yog`larda, 
jumladan suv hayvonlari yog`larida ham kam bo`lsa glitseridlardagi yog` 
kislotalari taqsimoti teng taqsimlangan bo`ladi. Ko`pgina hayvonlar yog`ida ham 
glitseridlardagi yog` kislotalari teng taqsimlangan bo`ladi. O`t-o`lanlar bilan 
oziqlanadigan hayvonlar yog`i va stearin kislotasiga boy yog`lardagi atsillar 
taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir. 
Tayanch iboralar:
 
Atsillarning yog`larda statistic (to’satdan) taqsimlanishi, atsillarning 
yog`larda bir tekis (teng) taqsimlanishi, stereospetsifik tahlil 
Nazorat savollari: 
1. Yog`larda to`yingan va to`yinmagan atsillar qanday tartibda taqsimlangan 
bo`lishi mumkin? 
2. Kakao moyining o`ziga xos texnologik xususiyatlari nima bilan 
belgilanadi? 
3. Yog`larning atsillari sn-1, sn-2 va sn-3 holatlarda taqsimlanishi 
(joylashuvi) qanday ahamiyatga ega? 
4. Yog`larni stereospetsifik tahlil etishning mohiyatini tushuntirib bering. 
5. Molekulyar va molekulalararo qayta eterifikatsiyalanish (omuxtalanish) 
tushunchalarini tushuntirib bering. 
6. Qayta eterifikatsiyalanishning qanday katalizatorlarini bilasiz? 
7. Agar yog` tarkibida 7 ta yog` kislotasi bo`lsa, strukturasi va tarkibi bilan 
farq qiladigan necha turdagi triglitseridlar hosil bo`lishi mumkin? 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling