I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 119 library.ziyonet.uz/ Koʻzlarini uqalab ochsa, akasining hovlisida, soʻrida yotganmish. Tepasida onasi turganmish. -Oyi, bu yerga qanday kelib qoldingiz? Tirikligingizda bu uy yoʻq edi-ku? Qanday topdingiz? -Men har kuni shu yerdaman. Akang jon talvasasida yotganida ham tepasida edim. Ogʻriqni qoldiradigan dorilardan emlab turishardi. Men Xudoga sigʻinardim: “bolamga berayotgan azobingni menga ber”, derdim. Akang jon bergunicha men ming martalab jon berdim, bolam. Ibrohim unga qoʻlini uzatdi. Lekin onasi chekindi. Chekina-chekina zulmat qa’riga singib ketdi. -Oyijon, toʻxtang, birga ketamiz!-deb baqirmoqchi boʻldi Ibrohim. Lekin ovozi chiqmadi. Hozirgina onasi turgan yerda akasi paydo boʻldi. -Ha-a, oʻzingiz keldingizmi? - dedi Ibrohim. - Gapimni qarang, “keldingizmi?” debman. Hamisha shu yerdadirsiz? Ahvolni koʻrdingizmi? Men ketganimdan keyin bu yerga devor uriladi. Indamaysizmi? Endi chidaysiz. Oʻzingiz pishirgan osh... -Ketma, ukajon, ularni murosaga keltir. -Bu mening koʻlimdan kelmaydi. Men hozir turamanu ketaman. Ular shundan xulosa chiqarib olishadi... Shunday deb uygʻonib ketdi. Tun yarimlagan edi. Tahorat olib tahajjud namozini oʻqidi. “Jiyanlarimni shayton makridan, vasvasasidan Oʻzing qutqar, ularga hidoyat ber”, deb Allohga munojot qildi. Soʻng yelkasiga ogʻir bir dardni ortgan holda bu xonadonni tark etdi. Yana bir mashina arzon gʻisht uchragach, arzon-garovga terib beruvchi ustalar ham topildi-yu, hovlida ish boshlandi. Bu hovliga tashvish bilan shodlik bir kunda kirib keldi. Robiya Bahriddinning kelishiga chiroyli dasturxon bezash niyatida yarim kechagacha tinmadi. Turli shirinliklar pishirdi. Saxar turib chala ishini davom ettirdi. Salohiddin kutib olishga chiqolmasligini aytib uzr soʻragan edi. Nuriddin “akamni kutgani chiqaman”, deb xarxasha qilib maktabiga bormadi. Toʻlqin kiyinayotganda Sattor usta bilan ikki mardikorni boshlab kirib keldi. Oshxonadan shoshib chiqayotgan Robiya ularni koʻrib “kim ekan?” deb ajablanib qaradi. -Xoʻjayiningiz ketganlari yoʻqmi? - deb soʻradi Sattor zina oldida toʻxtab. “Xoʻjayiningiz?” “Akam” demay “xoʻjayiningiz” deyishi Robiyaga malol keldi. “Endi “akam” deyishga ham orlanadigan boʻlib qoldilarmi?” deb ogʻrindi. Boshqa payt boʻlganida ehtimol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling