I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
135 
library.ziyonet.uz/ 
 
Badiiy adabiyotdagi an’anaga xilof ish tutib bayonimizni shunday toʻxtatamiz, 
qahramonlarimizning keyingi takdirlaridan sizlarni ogoh qilmaymiz. Bu yumushni, 
ya’nikim, asarning xulosasini oʻzingizga havola etamiz. Aka-uka yuzkoʻrmas boʻlib 
ketadimi yo Oftobxonning harakati tufayli koʻzlari ochiladimi, oʻzingiz hal qiling. 
Ehtimol devorning qurib bitkazilgani durustdir. Ehtimol Bahriddin tez kunlarda shuhratli 
san’atkorlar qatoriga kirib, badavlat boʻlib, alohida uy qurib chiqib ketar? Ehtimol 
insofga kirmay, iblis yetagida yuruvchi Obodxonning umri xorlik bilan tugar? Har holda 
biz bunday yakunni istamas edik. Alloh barcha bandalariga hidoyat bersin va umrning 
xorlik bilan tugashidan asrasin. 
 
Aziz va muhtaram kitobxon, bu bayon sizga biron yangilik bermagan boʻlishi ham 
mumkin. Chunki bu kabi voqealarni, hatto bundan battar voqealarni hayotda uchratib 
turamiz. 
 
Oʻylaymiz: 
 
Bu dunyoda yonma-yon yashashni xohlamagan aka-ukalar, opa-singillar doʻzaxda 
qovushmoqlikni istaydilarmi? Qarindoshlik rishtalarini uzganliklari uchun doʻzax 
otashlari kutayotganini sezmaydilarmi? Bir-birlarining issiq yuzlarini koʻrmoqdan hazar 
qilganlar bir-birlarining doʻzax olovida kuyib faryod chekayotganlarini tomosha qilgilari 
keladimi? 
 
Alloh! Alloh! 
 
Ularga hidoyat ber. 
 
Vassalom! 
Allohning marhamati ila siz bilan gʻoyibona suhbat qurdik, Oʻziga shukr. Xatolarimiz 
uchun tavbalar qilamiz, siz azizlar ham kechiring. Tangri taoloning yana xayrli fikrlar 
berishidan umidvormiz. Yangi asar bahonasida uchrasharmiz, insha Alloh. Assalomu 
alaykum va rohmatulillahi va barakatuh. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling