I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
130 
library.ziyonet.uz/ 
 
Toʻlqin hali ayvondan chiqmay turib yana bir moʻ’jiza yuz berdi. Buni avval hovliga 
qarab oʻtirgan Sattor sezdi: hovlida yer silkinganday devor qimirladi. Keyin gʻishtlar 
sochila boshladi. Sattor beihtiyor ravishda “Astagʻfirulloh!” deb yubordi. Toʻlqin toʻxtab, 
hovlidagi manzaradan lol qoldi. Ichkaridagi ovsinlar ham shoshilib chiqishdi. Obodxon 
buni zilzila deb gumon qilib pichirlaganicha oʻtirib oldi. Bir necha soniya davom etgan 
bu xodisa barchalarini dahshatga solibqoʻydi. 
 
Tunni shu dahshat chodiri ostida oʻtkazishdi. 
 
Sirtdan qaragan kishi har ikki oila kunni odatdagiday boshlayapti, deb oʻylashi mumkin. 
Odatdagiday nonushta, odatdagiday ishga, oʻqishga otlanish... Kattalar tundagi voqea 
ta’siridan qutilishmagan. Bolalar shovqinni eshitishganu buni devor mashmashasi deb 
oʻylashgan. Oftobxonning oʻzini osmoqchi boʻlganidan bexabar. 
 
Onasining qiyin-qistovi bilan Oftobxon oʻrnidan turib, birga nonushta qilgan boʻldi. 
Maktabga borishni oʻylamadi ham. Oynisa sinfdoshlari bilan shahar aylanamiz, deb 
kelishib koʻygan. Uydan “maktabga” deb chiqadiyu markaz tomon yoʻl oladi. 
 
Oynisa ketgach, Obodxon ham otlana boshladi. 
 
-Adasi, bugun hech yerga bormay qoʻya qoling, - deb eriga ozodlik berdi. 
 
-Qayerga borardim, yurishga holim yoʻq. Senam uyda oʻtirsang boʻlardi. 
 
-Birrov borib mijozlarimga uchrashmasam boʻlmaydi. Boramanu qaytaman. Qizingiz
Xudoga shukur yaxshi. Shirin-shirin gaplardan gaplashib oʻtiring. 
 
-Hozir usta keladi, - dedi Sattor keyin devor tomon imladi. - Nima qilamiz? 
 
-Ustangizga uch-toʻrt kun dam bera qoling. Boʻpti, ketdim. 
 
-Menga qara, toʻxtasang-chi, muncha shoshasan? - dedi achchiqlanib Sattor. 
 
-Voy, mijozlarim sochlarimni bittalab yulishadi. Gapingiz boʻlsa, tezroq ayting. 
 
-Gapimmi? .. Kechasi bilan oʻylab chiqdim... Shu ishingni yigʻishtirib tursangmikin... 
 
-Oʻylagan gapingizni qarang! Yigʻishtir, yigʻishtir, deysiz, nima men oʻzim uchun yelib 
yuguryapmanmi? Menga zarilmi shu? Nima qilsam bollarimga deb qilyapman! Erta-indin 
qizingizga sovchi keladi. Qup-quruq uzatasizmi? Men Italiyaning mebelini tayinlab 
qoʻyganman. Shunga pul kerakmi? 
 
-Italiyaning mebeli boʻlmasa qizing ersiz qoladimi? 
 
-Bilmasangiz, siz jim oʻtiravering. Agar qudalarning oldida tilimiz bir qarich uzun 
boʻlmasa ular qiz bechoraga kun berishmaydi. 
 
-Senam mebelsiz keluvding, tiling baribir ikki qarich-ku? 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling