I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
128 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
-Bu devoringning narxi qancha, qanchaga tushdi? - dermish onasi. 
 
-Gʻishtga ketgan pul bilan ustaga... - Sattor hisoblab bermoqchi boʻlganida adasi eshitgisi 
ham kelmasmish. 
 
-Devoringning narxi juda baland. Sen uni akangdan tiriklayin ajralish hisobiga 
qurdiryapsan. Endi buning yoniga qizingning joni ham qoʻshilyapti. Gʻaflat bosmay, tur, 
oʻrningdan! 
 
Shunday deb adasi bilan oyisi koʻzdan yoʻqoldi. Ammo bir qora sharpa kelib uni boʻgʻa 
boshladi... 
 
Bosinqirab baqirayotgan Sattorni Obodxon turtib uygʻotdi. 
 
-Esxonamni chiqarib yubordingiz-a, shunaqayam baqiradimi odam degan. Yonboshlab 
yoting. 
 
Sattor yonboshiga agʻdarilmay qaddini koʻtarib, oʻtirdi. Hozir koʻrgan tushi ta’sirida 
boshi garang boʻldi. Teskari oʻgirilib yotib olgan Obodxonni turtib: 
 
-Qizingqani? - deb soʻradi. 
 
-Qaysi biri? - dedi Obodxon uyqusiragan holda. 
 
-Kattasi... 
 
-Uyda uxlayapti, goʻrda boʻlarmidi? 
 
-Nafasing oʻchsin, tur, qara, - Sattor shunday deb uni qattiq turtdi. Obodxon “voyey” deb 
qoʻydi-yu, turgisi kelmadi. Bundan achchiklangan Sattor endi tizzasi bilan turtgach
erinibgina oʻrnidan turib, qunishganicha ayvonga chiqdi-da, qizlar yotadigan xonaning 
eshigini ochdi. Sattor beixtiyor unga ergashdi. 
 
Oftobxonning oʻrni ochilmagan, bu uning oʻringa yotmaganidan dalolat edi. Hammadan 
oldin xonasiga kirib ketgan qiz qayerda boʻlishi mumkin? Er-xotin shunday savol nazari 
bilan bir-birlariga qarab qolishdi. Shu payt osmon qarsillab mayda-mayda boʻlakchalarga 
ajralib ketganday tuyuldi. Oftobxonning “agar shu devorni qursangiz oʻzimni osaman!” 
degan alamli gapi osmonu yerni larzaga solib jaranglaganday boʻldi. Sattor oʻzi ham 
bilmagan holda “Oftob, qizim!” deb baqirib yubordi-da, hovliga otildi. Gap nimada 
ekanini anglab yetmagan Obodxon havotir bilan unga ergashdi. 
 
Katakdagi xoʻroz bezovtalanib ququlab qoʻydi. Atrofga olazarak boqib qizini izlayotgan 
Sattorga bu bir ishoraday tuyulib qoʻyxona tomon qaradi. Bu onda boʻyniga sirtmoq ilgan 
Oftobxon harakatini tezlatdi - oyogʻi ostidagi kursini tepib yubordi. Koʻyxonada 
nimaningdir taraklaganini eshitgan Sattor shu tomon yugurdi. Osilib turgan qizini koʻrdi-
yu, uniquchoklab baland koʻtardi. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling