I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
126 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Shunaqa-yu... lekin ularni bunga ishontirib boʻlarmikin? 
 
-Sen ishontirishga harakat ham qilma, - dedi Toʻlqin. - Indamay oʻtiraver. 
 
-Sizga shunday deyish oson. Hozir hammangiz ketasizlar. Baloga men qolaman. 
 
-Gapirsa ham sen “bilmayman” deginu boshqa indama... 
 
“indama... indama... endi bu dunyodan indamaygina oʻtib ketaman shekilli...” 
 
Robiya xayoliga kelgan bu gapni tiliga chiqarmadi, eriga e’tiroz bildirmadi. 
 
Ayni damda narigi ayvonda ham nonushta qilishayotgan edi. Salohiddin bilan 
Bahriddinni kuzatib chiqqan Robiyaga koʻzi tushgan Obodxon beixtiyor qizlariga qaradi: 
ikkovining aka-ukaga tikilib turganini koʻrib gʻashlandi-da, zardali ohangda: 
 
-Oftob, bugun maktabga bormaysan, - dedi. - Men bozorga chiqishim kerak. Ustalarga 
sen ovqat qilib berasan. 
 
-Bormasam ustozdan gap eshitaman. 
 
-Ustozing gapiraveradi. Koshki shu maktabda oʻqiganlardan biron tuzukroq odam chiqsa. 
 
-Oʻqishiga boraversin, ustalarga oʻzim qarayman, - dedi Sattor. 
 
-Siz mijozlarga mol olib borib berasiz. Xitoyga qatnaydiganlar bilan qachon gaplashasiz? 
Bugun-erta deb yurguningizcha ular ming marta borib-kelishadi. 
 
-Ayb mendami? Pulga qarab turuvdik-ku? 
 
-Bahona topib oʻtiravering... -Shunday deb choy hoʻplaomqchi boʻlgan Obodxon birdan 
qalqib ketdi:-Hay, turing, turing, deyapman! 
 
-Nima boʻldi, nega vahima qilasan? - dedi Sattor. 
 
-Tura qoling, akangiz ketmoqchi. Shartta-shartta gapiring. Yo xotin boshim bilan men 
aralashaymi? 
 
-Sen jim tur, - Sattor shunday deb ayvon derazasini ochdi:-Aka, bu yogʻi qiziq boʻldi-ku? 
 
Bu gapdan keyin Oftobxon jahl bilan shart oʻrnidan turdi-da, xonasiga kirib ketdi. 
 
Darvozaga yetib qolgan Toʻlqin ukasining ovozini eshitib, toʻxtadi. Salom-aliksiz 
shunday savol berilishi uning jahlini qoʻzgʻadi. Lekin tushunmaganday ukasiga qarab 
turaverdi. 
 
-Gʻishtlarni aytyapman, - deb izoh berdi Sattor. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling