I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 124 library.ziyonet.uz/ -Siz yechimni topguningizcha devor bitadi. Biz ikkala farzandimizdan baravariga ajraymiz. Omilni qidirmang. Omil aniq: biz bolalarimizni oʻqitib odam qilamiz, dedik. Yaxshi oʻqishlarini talab qildik, yaxshi kiyintirdik, yaxshi boqdik. Bir-biriga mehr- muruvvat qilish kerakligini singdirmagan ekanmiz. -Sen meni ayblayapsanmi? -Yoʻq, bu ishda ikkalamiz baravar ayblimiz. Devor urishlariga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. -Qanday qilib? Umidim Ibrohimdan edi. Ajrim qila olmadi. Mening qoʻlimdan nima kelardi?! Imkonim boʻlsa bu la’nati gʻishtlarni mana bunday-mana bunday qilib otib tashlardim. Bu onda ikkinchi moʻ’jiza yuz berdi: Shavkat ushlagan gʻisht oʻrnidan koʻchdi. Bundan Shavkat ham Farida ham choʻchib tushishdi. Keyin Shavkat yana bir gʻishtga koʻl uzatdi. Bu hovliga devor qurilishini iblis istagan, ammo Alloh iroda etmagan edi. Hozir gʻishtlar Shavkat ruhining kuchi bilan emas, yagona Kudrat egasining istagi bilan koʻchib, otilayotgan edi... Bu tong xoʻroz qichqirmadi. Katagida hurpayganicha turaverdi. Bulut farishtasiz bu xonadonga quyosh nurining tushishini istamaganday mashriq yuzini toʻsdi. Yashin chaqnab osmonni ikkiga boʻldi. Boʻlinish sharmandaligiga chiday olmagan osmon guldirak ovozi bilan oʻkirib yeru koʻkni larzaga soldi. Keyin tunuka tomlarni qarsillatib doʻl yogʻa boshladi. Bu xonadon ahli uygʻonganida osmonning faryodi bosilgan, ammo quyosh yuzini toʻsgan qaysar bulut oʻrnidan jilay demasdi. Odatdagiday birinchi boʻlib Robiya uygʻondi. Yuvinib oshxonaga kirayotganida sochilib yotgan gʻishtlarga ahamiyat bermagan edi. Uyga qaytayotganida koʻrib, taqqa toʻxtab qoldi. Yuragi bir qalqib tushdi. Keyin uyga shoshib kirib erini uygʻotdi-da, ayvonga boshlab chiqdi. -Bolalar qilishmadimikin? Uygʻotaymi, oʻzingiz gaplashing. Toʻlqin hovlidagi manzaraga ajablanib qarab turib, gardanini qashigan boʻldi. Tayinli bir xulosaga kelolmay: -Jim turaver-chi, - debqoʻydi. * * * Koʻp oʻtmay Obodxon ham uygʻondi. Ayvonda turib bir kerishib olgach, rohatlanib esnadi. Tashqariga chiqdi-yu, hali uyqu toʻla tark etmagan koʻzlari katta-katta ochilib ketdi. Shoshilib iziga qaytdi-da, erini turtib uygʻotdi. Hovlidagi manzarani koʻrib Sattor ham bir zum taxtaday qotib qoldi. Keyin “Bu kimning qiligʻi?” degan ma’noda xotiniga qaradi. Obodxon javobga shay edi: -Bu jiyanlaringizning ishi. Kechqurun anavi naychingiz ivirsib yuruvdi. Koʻnglida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling