I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
120 
library.ziyonet.uz/ 
 
qaynisiga tanbeh berardi. Hozir begonalar oldida, yana xursandchilik kunida mashmasha 
boshlanishini istamadi. 
 
-Akangiz uydalar, kiyinyaptilar. Bugun jiyaningiz keladigan, kutgani ketyapmiz, - dedi. 
 
Sattor “hayriyat, eson-omon kelyapti ekan”, deyishni xayoliga ham keltirmadi. Uning 
oʻrniga darvozaxona oʻrtasiga qoqilgan qoziqni koʻrsatib: 
 
-Xoʻjayiningizga ayting, chiqib koʻrsinlar, devor shu yerdan olinadi, keyin gap-soʻz 
boʻlib yurmasin, - dedi. 
 
Qoziqni hozir chiqib koʻrish shart emasdi. Kecha oqshomga yaqin qaynisi bilan ovsini 
hovlini oʻlchab, qoziqni qoqishayotganda Robiyaning koʻzlariga yosh kelgan edi. Goʻyo 
qoziqni yerga emas, uning qalbiga qoqishgan edi. Bundan erini xabardor qilish 
maqsadida telefon goʻshagini koʻtargan, lekin buning foydasizligini bilib, fikridan 
qaytgandi. Toʻlqin darvoza ostonasini hatlab kirganidayoq qoziqqa koʻzi tushib toʻxtab 
qolgan edi. Erining bu holatidan Robiya havotirlanib, shoshilganicha uni qarshilagandi. 
 
Toʻlqin Robiya aytmasa ham ukasining gaplarini eshitdi. Chiqib soʻkib bergisi, hatto 
urgisi keldi. Agar shunday qilsa mahalla erta-indin faqat uni ayblagan boʻlardi. Shu bois 
oʻzini tutdi. Baxtiga Robiyaning oʻzi javob qilib qoʻya qoldi: 
 
-Devorni qayerdan olsangiz olavering. Bu ishni siz boshlayapsiz, hamma ixtiyor 
oʻzingizda, - dedi. Yigʻlab yubormaslik uchun boshqa gapirmadi. 
 
Bu orada telefon jiringladi keyin Obodxonning ham quvnoq, ham dadil ovozi yangradi: 
 
-Ha, aylanay opovsi, sizmisiz? Voy, mehribonimga girgitton boʻlay. Mullajiring bor 
joyda pishmaydigan ish boʻlarkanmi? Molni kecha olib chiqqanman. Lekin oldingi narx 
sal oʻzgardi-da. Qiziqsiz-a, narxini oshirmasam, shuncha harajatimni kim qoplaydi. 
Oʻzingiz bilasiz, olsangiz oling, opovsi, xohlamasangiz boshqa xaridorlarim bor. 
 
Robiya uydan hammadan keyin chiqdi. Eshikni yopib zinadan tushmoqchi edi, Toʻlqin 
“Eshikni qulflamaysanmi?”, deb uni toʻxtatdi. Ularning eshigi shu paytgacha 
qulflanmagan edi. Erining jiddiy boqib turishi Robiyani gangitib qoʻydi. Hovlida 
begonalar borligi uchun qulflatmoqchimi yo bundan keyin hamisha shunday boʻladimi? 
Robiya ichkariga kirib kalitni topib chiqqunicha ozgina vaqt oʻtdi. Toʻlqin uni kutmay, 
oʻgʻlini boshlab koʻchaga chiqib ketdi. Kalitning buralishi oson boʻlmadi. Robiya ham 
bundan, ham ruh azobidan qiynalib, koʻzlariga yosh oldi. 
 
Bahriddinni kutib olishgach, Toʻlqin ishga borishini shartligini bahona qildi. Yoʻlovchi 
mashina toʻxtatib, ularni kuzatib qoʻydi. Quvonchi osmonga sigʻmay qaytayotgan 
Bahriddin ota-onasining chehrasidagi ma’yuslik soyasini ilgʻadi. Garchi Toʻlqinning 
ham, Robiyaning ham lablarida kulgu boʻlsa-da, qalblari gʻam iskanjasida ekanini 
yashirishga qodir emasdilar. 
 
Bahriddin uyga kelguncha ukasining savollariga javob berish bilan band boʻldi. Robiya 
ularning shirin suhbatlarini hazin jilmaygani holda tinglardi. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling