I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
123 
library.ziyonet.uz/ 
 
Uyqulari kelmasa ham yotdilar. Bir necha soatlik oila bayramining nihoyasiga yetganidan 
siqilgan Toʻlqin tashqariga chiqib, zinaga oʻtirdi. Sigaret tutatdi. Xayollari uni dam 
bolalik, dam yoshlik koʻchalariga yetakladi. Sogʻinch ba’zan kishi ruhiga quvvat beradi
ba’zan esa temir tirnoqlari bilan yumdalab tashlay deydi. Toʻlqin hozir shunday holatda 
edi. U hozir bir moʻ’jiza yuz berishini, ota-onasining shu yerda paydo boʻlib qolishlarini 
jon-joni bilan istardi. Adasi avval uning, keyin ukasining yuzlariga shapaloq bilan ursa-
da: “Bu nima qilganlaring esi yoʻqlar!” deb koyib bersa! Keyin gʻishtlarni har tomonga 
otib tashlasa... 
 
Moʻ’jiza yuz bergandi... 
 
Lekin Toʻlqin uni koʻra olmas edi. 
 
Bu damda otasi va onasining ruhlari kirish uchun izn soʻrashga iymangan musofirday 
darvoza ostonasida turishardi. 
 
Ular dam farzandlariga, dam tiklanayotgan devorning ikki tomonidagi ikki uyga ma’yus 
tikilardilar. 
 
Toʻlqin uyga kirib ketgach, ular asta yura boshlashdi. 
 
-Adasi, devor mashmashasi bilan ovora boʻlishib, farzandlarimiz bayramimizni unutishdi, 
- dedi Faridaning ruhi. 
 
Bunga javoban Shavkatning ruhi afsus va nadomat bilan chuqur xoʻrsindi. 
 
Ha, bu kun ularning xonadonida alohida bayram boʻlardi. Bu bayramni Shavkatning oʻzi 
joriy qilgandi. Toʻylari kuni, chimildiqda yolgʻiz qolishgach, Shavkat Faridani bagʻriga 
bosib, xuddi muhim bir sirni aytmoqchiday qulogʻiga shivirlagandi: 
 
-Hech qachon yodingdan chiqarma: oʻn ikkinchi may - biz uchun bayram kuni deb e’lon 
qilinadi. Biz oʻtib ketsak ham farzandlarimiz, nevaralarimiz tantana qilaverishadi. Toʻy 
shunchaki oʻyin-kulgi bilan oʻtadigan voqea emas, bugun - oilaning tugʻilgan kuni, buni 
unutib boʻlmaydi... 
 
Shavkat aytganday boʻlib kelayotgan edi. Devor qurilishi bu bayramni ham barbod 
qildimi? 
 
Oʻshanda shivirlab aytilgan Shavkatning soʻzlari endi jaranglab, uy devorlariga urilib, 
aks-sado berganday tuyuldi. Aslida bu soʻzlar tantavor yangrashi kerak, hozir esa alamli 
faryod ohangida olamni titratganday boʻldi. 
 
-Adasi, endi bunga qanday chidaymiz? Qiyomatga qadar shu azobda yuramizmi? - dedi 
Faridaning ruhi. 
 
-Bilmadim... Tushunolmayapman... - dedi Shavkatning ruhi “uf” tortib. - Murakkab 
masalalarni yechishga yetgan aklim shunga qolganda kaltalik qilyapti. Muammoning 
yechimini topish uchun avval uni yuzaga keltirgan omilni aniqlashim kerak. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling