I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
132 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Uy talashib hech kim baraka topgan emas. 
 
-Talashganim yoʻq. Uyni siz menga vasiyat qilgan edingiz? 
 
-Vasiyat qilgan edingiz, deysanmi? Qachon? 
 
-Esingizda yoʻqmi? Haligi... oxirgi kuni... xatni akamning qoʻllariga bergansiz. Akam u 
vasiyatnomani atay yoʻq qilib yuborganlar. Tagʻin ham men indamay kelyapman. 
 
-Adashibsan, oʻgʻlim. Toʻgʻri, u vasiyatnoma edi. Ammo sen aytgan ma’noda emas. 
 
-Qanaqa ma’noda? 
 
-Oʻqisang bilasan. 
 
-Qanaqasiga oʻqiyman? Akam yoʻqotib tashlaganlar. 
 
-Akangni ayblama, yoʻqotmagan... Akang xatni koʻlimdan olgan paytda menga gʻargʻara 
kelib, shoshib qoldi. Esla: sen suvga chiqqan eding. Akang xatni yostigʻim yoniga 
qoʻyganida sen kirding. Bu xatni keyin gʻassol javon ustiga olib qoʻygan edi. Men 
ikkovingning qoʻllaringda jon berdim. Shuning oʻzi ahil yashashlaringga berilgan ishora 
edi. Senlar buni fahmlamadilaring. Akang xatni unutdi. Sen unutmading. Gumon bilan 
yuraverding. Xat hali ham oʻz uyingda, javonning orqasiga tushib ketgan... 
 
Shunday degach adasi oppoq bulutga aylanib uchib ketganmish... 
 
Biqiniga nimadir botib, Sattor koʻzini ochdi. Qaddini koʻtarib qaradi. Qizchasining 
oʻyinchogʻi qolib ketgan ekan. Hozirgi koʻrgan tushidan ajablanib oʻtirdi. Keyin turib 
qizining xonasiga qaradi. Oftobxon karavotida harakatsiz oʻtirardi. Eshik ochilganini 
sezmadi ham. Sattor sharpa chiqarmay iziga qaytdi. Hovliga koʻzi tushdi. Hali boshlagan 
ishini Nuriddin davom ettirayottganini koʻrib gʻashlandi “Qoʻy, hoy bola!” deb 
baqirmoqchi boʻldi. Lekin ovoz berishga ham holi yoʻqday tuyuldi. Yotogʻiga kirdi-da, 
javonni endi koʻrayotganday sinchiklab qaradi. 
 
Ayrim ayollar uydagi anjomlar joyini yilda bir oʻzgartirib turmasa siqilib ketveradi. 
Obodxonda bunaqa fazilat yoʻq. Kelin boʻlib tushganida javon shu yerga qoʻyilganicha 
joyidan jildirilgan emas. 
 
Shavkat ogʻirlashib qolganida Toʻlqin “yolgʻiz yotmasinlar” deb uni oʻzining uyiga 
koʻchirgan edi. Oradan bir oy oʻtib Obodxon “adangizni akangizning uyidan olib 
chiqaylik, mahalla gap-soʻz qilyapti. Ertaga oʻtsalar, “kichik oʻgʻli qaramagan, degan 
malomatga qolasiz”, deb xarxasha qila boshladi. Sattorga xotinining bu mehribonligi 
ma’qul kelib, akasi bilan maslahatlashdi. Toʻlqin otasini jildirib, bezovta qilgisi kelmasa-
da, rozi boʻldi. Rozi boʻldi-yu, Robiyadan: “Endi mahalla nima deydi? Otasiga qaray 
olmasdan ukasinikiga chiqarib tashlabdi, degan isnodda yuramizmi?”-degan gapni 
eshitib, pushaymon boʻldi. Bu xarxashani boshlagan Obodxon ham pushaymon edi. 
Aslida uning mehribonchiligi pardasi ortida yagona merosxoʻrlik da’vosi yashiringan edi. 
Uy mojarosi chiqqanda “ota-onaga kenjasi qaragan” degan gapdan umidvor edi. Bir 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling