I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 127 library.ziyonet.uz/ -Gʻishtlarga nima boʻlibdi? - dedi Toʻlqin hanuz hech nimaga tushunmayotganday. -Har bitta gʻishtni usta pulga teradi. Oʻgʻillaringizga shuni aytib qoʻying. -Shunaqami? Mening oʻgʻillarim, ukam, sen oʻylaganchalik ahmoq emas. Ular bunaqa ish qilishmaydi. -Unda kim? Siz bunaqa jinoyatlarni ochishga ja-a ustasiz-ku? -Ha, ustaman. Ariza ber, tekshirib, aniqlaymiz. -Maynavozchiligingizni yigʻishtiring. Mayli, ustaning pulini bermang, lekin nomardligingizni tan oling, ha! Toʻlqin ukasiga gʻazab bilan tikildi-yu, ammo bitta gapdan qolishga oʻzida kuch topdi. * * * Kun oʻtdi. Kech kirdi. Tun yana oʻz hukmini oʻtkazishga kirishdi. Hamma uyquga ketgan onda bezovta ruhlar yana paydo boʻldilar. Keyin kunduzi ustalar qayta terib ketgan gʻishtlar turli tomonlarga uloqtirildi... Tongda esa... Kechagiday ajablanish boʻlmadi. Gumon ham yoʻq edi. Ajablanish va gumon oʻrnini gʻazab egalladi. Obodxon Sattorni qayrab oʻtirmay gʻalvani oʻzi boshlab qoʻya qoldi. Robiya unga bas kela olmadi. Obodxon Toʻlqinga ham gap bermadi. Gʻazab otashida yonayotganlar soʻnggi choraga rizo boʻlayotgan Oftobxonning deraza ortidan ma’yus qarab turgannini sezishmadi. Ustalar kelib, ajablanib qarab turishdi-da, yana ish boshlashdi. Kun oʻtib yana kech kirdi. Yana tun hammayoqni gʻaflat chodiriga oʻradi. Yana bezovta ruhlar paydo boʻldilar. Bu onda uydan gʻam iskanjasidagi Oftobxon chiqib, ular toʻxtab qoldilar. Oftobxon asta-asta bosib kelib devorga yaqinlashdi. Beixtiyor ravishda ikki gʻishtni koʻchirib tashladi. Bir oz harakatsiz turgach, qoʻyxona tomon yurdi. Uning muddaosini sezgan ruhlar yoʻlini toʻsmoqchi boʻlishdi. Oftobxon devordagi mixqoziqda iligʻliq turgan arqonniqoʻliga oldi. Bu onda Sattor vahimali tush ta’sirida toʻlgʻonayotgan edi. Bir qarasa, devor bitganmish. Biroq... devor ostida adasi bilan oyisi yotishganmish. -Sen devorni koʻkragimiz ustidan qurdirding. Ezilib ketyapmiz, - deb ingrarmish oyisi. -Bunaqada oyingni oʻldirib qoʻyasan, - dermish adasi. Satttor jonholatda devorni buzayotganmish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling