I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 73 library.ziyonet.uz/ -Oʻgʻlim qamoqda chirib ketaversinmi? -Chirimaydi, balki esini butlab chiqar. -Otasi, bu gʻariblarga yordam berish savob-ku, nega unaqa deysiz? - dedi kampir gapga aralashib. -Sen qumgʻonga qara, - dedi Ibrohim jerkib. -Agar shu gapingda turadigan boʻlsang, oshnachilikdan kechvoraman, bilib qoʻy, - dedi Mardiqul. Endi uning gapi ohangida gʻam emas, dagʻdagʻa mavjud edi. Ibrohim buni sezib bir seskandi-yu, biroq sir boy bermadi. -Bizning oshnachiligimiz sen soʻrayotgan pulga qarab qolgani yoʻq. Oshnam deb men seni qidirib topganim yoʻq, senam meni izlamagansan. Allohning irodasi bilan shu yerda tugʻilib, shu yerda topishganmiz. Ikkovimizni Allohning irodasi bilan faqat goʻr ajratadi. Ishqilib qil koʻprikda ayri-ayri boʻlishdan Oʻzi asrasin! Sen hadeb valdirayvermasdan gapimga kir: peshonangni sajdaga qoʻy. Tavba qil. Oʻgʻlingga ham yetkaz: u ham tavba qilsin. Yurakdan istigʻfor aytsalaring Xudo gunohlaringni kechiradi. -Munis! Buningning gaplarini eshityapsanmi!? Juda-a aqlli boʻlib ketgan bu!-deb baqirdi Mardiqul kampirga qarab. - Ahvolimni boshqalar tushunmasa ham bu tushunishi kerak edi. Har holda qamoq nimaligini bilardi. Qamoqdan chiqib kelganida senga ming marta aytganman: shu oqibatsizga tegma deb! Oshnachilik hurmatini bilmasa, qarindoshchilik hurmatini bilmasa! Qalin puliga bir tiyin soʻramasdan seni berganmiz bu yalangoyoqqa. Endi yalang oyoqlariga kavush bitib aql oʻrgatadigan boʻlib qoldilarmi! He, oʻlgurdim! Menga qara, sen donishmand!-Shunday deb Ibrohimga zaharli nigohini qadadi:- Men goʻr-poʻringni kutib oʻtirmay sen bilan oshnachilikni uzdim. Sen beradigan toʻrt tangasiz ham bolamni qutqarib olaman. Shunday dedi-yu, Munisaning hay-haylashiga qaramay tez-tez yurib ketdi. Ibrohim esa oʻrnidan jilmadi. U oshnachiligining uzilganidan emas, doʻstining iymonga yaqinlashishni istamayotganidan mutaassuf edi. Tutundan yoshlangan koʻzlarini artgan Munisa nima qilarini bilolmay oʻrtada turib qoldi. -Boshlab kelgan amakivachchangni endi borib ovut, - dedi Ibrohim dagʻal ohangda. -“Bori shu”, deb ozginagina pul berib qoʻya qolsangiz boʻlardi-ku? - dedi Munisa nolish ohangida. -Sen yolgʻonchiga emas, haqgoʻyga tekkaningni shu paytgacha bilmasmiding? -Bilaman, lekin onda-sonda yolgʻon gapirsangiz boʻlaveradi. -Sen qachondan beri fatvo beradigan boʻlib qolding? Xotinlardan muftiy chiqishi mumkinligini bilmagan ekanman. Qulogʻingga quyib ol: igna ham koʻzni koʻr qiladi, xodaning uchi ham. Gunohga sheriklikning katta kichigi boʻlmaydi. Men faqat oʻzimni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling