I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 74 library.ziyonet.uz/ oʻylaganim yoʻq.Nodon qarindoshingni gunohdan saqlab qolmoqchi edim. Oshnachilikni uzsa uza qolsin. Tobutimning bir chekkasini shu koʻtaradigan boʻlsa, koʻtarmay qoʻya qolsin. -Unaqa demang, achchiq ustida gapirib yubordilar. -Bunaqa achchiqni onasiga borib qilsin. Pul qayerda turishini bilasan, uyga borginda hammasini olib ber. Qarzga emas, yeb ketarga, degin. Qarindoshlar bir boʻlib oxiratimni kuydirishdan ham qaytmaysanlar! Ibrohim shunday dedi-da, ketmonni olib daraxtlar orasiga kirib ketdi. Uning fe’lini bilgan kampir boshqa gapirmay, iziga qaytdi. Kun tikkaga kelganida Ibrohim charchadi. Ketmon urib hansiramasdi, asabiylashgani sabab boʻldi shekilli nafasi siqildi. Shiyponga qaytib, oʻchoqqa oʻt qaladi. Kechagi ovqatdan qolganini isitdi, choy damladi. Bir kosa shoʻrvaga qanoat qilmaydigan odam yarim kosa taomni ham icholmadi. Bir piyola choydan soʻng kosaning tepasiga sochiq tashlab qoʻydi. Koʻrpachaga yonboshlay turib boqqa olib keluvchi yoʻlda kelayotgan milisaga koʻzi tushdi. Tikilib qaradi: taniy olmadi.“Kim boʻldi ekan?” degan xayolda qaddini koʻtardi. Milisa yigit yaqinlashgach, jiyani Salohiddinni tanib koʻngli yayrab ketdi. Salohiddin uni koʻrib jilmaydi: “Opoqdada, assalomu alaykum!” deb quloch yoyganicha xuddi yosh boladay yugurdi. -Opoqdadangni sogʻintirib qoʻyding-ku, toychogʻim!-dedi Ibrohim uni bagʻriga bosib. Keyin shiyponga boshladi. Qaynogʻi oʻlmagan choydan quyib uzatdi. Soʻng hovuzchadagi bidondan kosaga qatiq quydi:-Oftobda ancha urinib qolibsan, darov ichib ol, quyoshning taftini bosadi. Togʻning oftobi juda issiq boʻlmasa ham senga oʻxshagan nozik niholchalarni urib qoʻyishi mumkin. -Unchalik emas, opoqdada. Shu oftobda yigirma kilometrga yugurib, imtihondan “besh” olganman, - dedi Salohiddin qatiqni ichib olgach. -Endi bu imtihoning yilda bir boʻlsa boʻlar, boʻlmasa yoʻq. Kunda yugurganingda menam senga besh ketardim, - dedi Ibrohim jiyanining qarshisiga oʻrnashib oʻtirib olib, - Qani, gapir-chi, ota-onang, ukalaring, amakingnikidagilar sogʻ-salomatmi? -Hammalari yaxshi, salom aytishdi, - dedi Salohiddin. “Salom aytishdi” degan yolgʻon pardasi yordamida hech kimga bildirmay kelganini yashirdi. -Salomat boʻlishsin, - dedi Ibrohim. - Sen shu yerda picha dam ol. Koʻngling koʻtarsa mana bu shoʻrvani ichib ol, bir-ikki qoshiq urganman xalos. -Sizdan qolgan ovqat tabarruk-ku? - dedi Salohiddin kulimsirab. Ibrohimga bu gap ma’qul kelib suvi qochgan nondan burdalab kosaga solib berdi. -Barakalla, qariyalarni izzat qilgan odam dunyoda izzat bilan yashaydi. Sen ovqatni ichib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling