I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 76 library.ziyonet.uz/ -Nega? -Negaki, milisa deganlari birovning gapiga ishona qolmaydi. “Shu yeru osmonni charaqlatib turgan quyosh boʻladi”, desang ham ishonmay, savolni qalashtirib tashlayveradi. Menga qaragin-chi, shu oppoq soqolim bilan sen mishiqiga yolgʻon gapiramanmi? -Opoqdada, kechiring, bilmasdan aytvoribman. -Shunaqasanlarda. Hali eplab burinlaringni artolmaysanlaru, kattalarga akl oʻrgatasanlar. Anavi tomonga qara-chi? Koʻryapsanmi, toklar ola boʻlib yotibdi. Bitta ham gʻoʻrasi yoʻq. Shu bogʻning egasi senga oʻxshagan bir mahmadana. Qarasam, erta bahorda toklarini ochyapti. Ochmay tur, bola, hov choʻqqidagi qorlar erib bitsin, keyin ochgin, desam, “siz tushunmaysiz ota, bahor allaqachon kelib boʻldi”, deydi-ya! Mening bobom ham, bobomlarning bobolari ham shu choʻqqiga qarab toklarini ochishgan. Men tushunmagan chol boʻlsam ham, bilganimdan qaytmay, toklarni ochmadim. U mahmadana toklarini ochgan kuni ertasiga qor tashlab, sovuq urib ketdi. U-ku, daromaddan qoldi, endi bir kunini koʻrar. Tok bechoralarga achinaman. Qara, hali ham kasal, oʻnglanolmay yotibdi. Agar men milisa boʻlganimda shunaqa noshudlarning ham adabini berib qoʻyardim. -Iye, opoqdada, nima deyapsiz? Bunaqa ish milisaning vazifasiga kirmaydi. -Shunaqasanlarda. Senlarga oʻgʻri kerak. Qachon birovning shoʻrini quritarkin, deb poylab oʻtirasanlar. Keyin yugur-yugurni boshlaysanlar. Xoʻp, endi aqlingni ishlatib ayt- chi: mana shu mahmadana noshudning oʻgʻridan nimasi kam? Qanchadan qancha odamning rizqini qiydi-ku? Bu milisaning vazifasi emas, deding, mayli, bu gapingga koʻnayin. Lekin shaharliklaring chiqaverib lolazorlarni payhon qilib tashlashganiga nima deysan? Hozir bu atrofda bir dona ham lola yoʻq. Shaharlik ovchilaring chiqib hali kaklik, hali uchragan boshqa jonivorlarni otib ketishyapti. Ilgari shu togʻlarda ayiqlar boʻlardi. Qishlogʻimizning nomi nima uchun “Sherbuloq”, oʻylab koʻrganmisan? Ilgarilari sherlar shu buloqlardan suv ichishgan. Endi qani ular? Sen bola, milisalikka oʻqibsan-ku, lekin hayotni uqmabsan. Aslingga tortibsan. -Opoqdada, nima gunoh qilibman? - dedi Salohiddin qariyaning ta’nalariga tushunmay. -Hali gunoh qilganingcha yoʻq. Shu tomonlarga ishga kelib, men aytgan falokatlarga befarq qarasang, gunohkor boʻlasan. Aslingga tortibsan, deganim, bobong ham bu togʻlarning qadriga yetmasdi. Unga kimyo boʻlsa bas edi. Bir kuni “Yaqinda bugʻdoy ekish ham shart boʻlmay qoladi. Nonni kimyoviy usulda olamiz”, deydi. Chin aytuvdimi yo hazillashuvdimi, bilmayman, lekin gapi rosmanasiga ahmaqona edi. Bobongga qoyil emasman, shunday joylarni tashlab shaharga ketvordi. Shu yerda mazza qilib yashasa boʻlmasmidi? -Boʻlardi-ku... lekin ilm... -Ha, bobongning bahonasi ham shu edi, - dedi Ibrohim armon bilan. - Bu yerlarda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling