I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 84 library.ziyonet.uz/ muhimroq masala boʻlmasa? -Kim uchundir shundaydir... Lekin... hammaning qarichi har hil. Alam qiladigan yeri ham shunda. -Dada, men kecha Sherbuloqda edim. Opoqdadam erta-indin keladilar. Men hamma gapni aytdim. Toʻlqin oʻgʻliga qaradi-yu, “toʻgʻri qilibsan”, demadi. Tanbeh ham bermadi. Robiya kutayotgan uylanish haqidagi masala yechilmay qoldi. Toʻlqin bilan Salohiddin gaplashayotgan onda qarshidagi uyda kechki ovqatni suzib, jam boʻlib oʻtirishgan edi. Ba’zi oilalar taom paytida soʻzlashmaslikni odat qilishgan. Bu oilada esa aksi, Obodxon gapirmasa hamma baravariga ishtahadan qoladi. Hozir ham Sattor piyolani toʻldirib shayton siydigidan ichib, ishtahasini ochib olgach, xotinining gapi boshlandi: -Ertaga ertalab togʻamning oʻgʻlinikiga borib kelasiz. Bu topshiriq yoqmaganidanmi yo aroqning achchiqligidanmi, har holda Sattorning afti burishib soʻradi: -Qaysi togʻangning oʻgʻlinikiga? -Mening bitta togʻam, bitta togʻavachcham bor. Siznikiga oʻxshagan iturugʻ emasman, Xudoga shukur. -Goʻrkovnikigami? - shunday deb Sattorning yana afti burishdi. - Kimga goʻr qazib berishi kerak ekan? -Nafasingiz qursin, sovuq boʻlmay, - dedi Obodxon lunjining yarmini boʻshatib olgach. - Hali atay uyiga borib keldim. Ancha toʻn yigʻilib qolibdi. Bozorning yarim narxiga sotayotgan ekan. Bizga yanayam tushirib beradi. Yigirmata toʻn olib kelasiz. -Shuncha toʻnni nimaqilasan? -Voy, tavba! Koʻzingizni oching: uchta toʻy qatorlashib turibdi. -Kallang bormi, oʻlikka yopgan toʻnni qudalaringga kiydirmoqchimisan? -Oʻlikka yopilgan boʻlsa nima boʻpti! Oxori toʻkilmagan yap-yangi toʻn. Goʻrkovdan olganimizni birov bilib oʻtiribdimi? -Oyi!-dedi Oftobxon norozi ohangda. - Ovqat paytida shunaqa gaplarni gapirmang, iltimos. -Sen menga akl oʻrgatmay, ovqatingni ye!-deb jerkidi ona. - Mening boshimda mingta tashvish. Qaysi ish qaysi paytda esimga kelsa oʻsha paytda gapiraman. Toʻn topib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling