I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 80 library.ziyonet.uz/ doʻstlarining aybini yashirish uchun shunga oʻxshash yolgʻonlarni toʻqishardi. Toʻlqinning qarashiga dosh berolmay koʻzlarini olib qochgan yigit yolgʻonini fosh etib qoʻydi. Lekin Toʻlqin uni aybsitmay “Begovotga ketgan boʻlsa bugun kelib qolar, kelishi bilan menga qoʻngʻiroq qilsin”, deb iziga qaytdi. Ishxonasiga borib, tushlikka ham chiqmadi. Telefon har jiringlaganda goʻshakni umid bilan koʻtardi. Kun asrga yaqinlashganda nihoyat, intiq kutgani - oʻgʻlining ovozini eshitdi. “Qayerda eding?” deb soʻramadi, salomga alik oldi-yu, “Komandiringdan soʻrab, bugun uyga kel”, deb gapni kaltaqildi. Goʻshakni joyiga qoʻygan onda vujudi birdan boʻshashib ketdi. Kechadan beri uni siquvga olayotgan tashvish uni tark etgach, nazarida tanasida hech narsa qolmaganday edi. Tashvish hukmron paytida iblis uning xayollarini oʻgʻirlab qaysi koʻchalarga olib kirmadi! Shunday koʻchalarki, har birining boshi berk, har biri zulumotga oʻralgan, har biri yurakni ezadi. Vujuddagi boʻshliq uzoq davom etmadi. Iblis yana tashabbusni qoʻlga oldi. “Qayerda boʻldi ekan?” degan savolni iblisning oʻzi koʻndalang qoʻyib, oʻzi javob istay boshladi. “Bironta suyuq xotinning ketida yuribdimikin?” degan gumon kecha ham xayolini bir yoritib oʻtgan, joniga qasd qilinishi ehtimoli bosh koʻtarganda bu gumon unga hatto tasalliday boʻlib koʻringan edi. Endi esa sharmandalikning muzdek suvi ustidan quyilganday tuyulib etlari jimirlashib ketdi. “Xudo saqlasin!”deb beihtiyor pichirladi. “Oʻgʻlim toʻgʻri yuryaptimikin?” degan oʻy avvallari ham bot-bot xayoliga kelib turardi. Nomusiga tegib, zoʻrlanganlar militsiyaga arz-dod qilib kelishganda yuragi bir zirqirab olardi. Qizlarning ayrimlari koʻchada tasodifan tutib zoʻrlansa, aksari shu yigitlar toʻdasi bilan ziyofatdan keyin nomussizlik balchigʻiga belangan boʻlib chiqardi. “Gʻunajin koʻzini suzmasa buqacha arqonni uzmaydi”, degan maqolni qonun tan olmasdi. Hali moʻylabi sabza urmagan koʻpgina yigitchalar badnom boʻlib ketishardi. Toʻlqin oʻgʻillarining bu yoʻlga yurmasliklariga ishonsa ham baribir, ba’zan havotirga tushardi. Birontasi hadeb koʻzini suzaversa, ishva qilaversa har qanday aqlli, odobli yigitni ham iblis bu yoʻlga tortib olishi mumkin. Salohiddinni uylantirish masalasini Robiya oʻtgan yiliyoq kun tartibiga koʻygan edi. Lekin Toʻlqin “avval oʻqishini bitirsin, ishlasin, hayotning past-balandini koʻrsin”, deb galga solayotgan edi. Alhol, kecha kutilmaganda gʻoyib boʻlishini xayoli ayollarga bogʻlagach, “shu yili uylantirish kerak, hayotning past-balandini keyin koʻraveradi”, degan toʻxtamga keldi. Oʻgʻli bilan gaplashib olish niyatida uyga ertaroq qaytdi. Salohiddin hadeganda kelavermadi. Toʻlqin bundan tutoqib, kimgadir zahrini sochgisi keldi. Ishxonada boʻlganida birontasiga baqirib boʻlsa ham xumordan chiqishi mumkin edi. Bunda kimga baqiradi, kimdan alamini oladi? Xotinidanmi? Sal ovozini koʻtarsa oʻsha zahoti Robiyaning koʻzlarida yosh miltillaydi-yu, yuragi battar siqiladi. Ukasiga yoki keliniga sochsinmi zahrini? Xudo saqlasin! Ularga sochilgan bir misqol zahar oʻziga botmon- dahsar boʻlib qaytishi aniq-ku? Toʻlqin kecha xotinidan havotirini yashirgan boʻlsa, bugun gʻazabini ichiga yutishga majbur edi. Televizorda olti odam toʻplanib olib masala soʻqirdi. Toʻlqin ularning tuzsiz gaplariga bir zum quloq tutdi-da, oʻchirib qoʻydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling