I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 88 library.ziyonet.uz/ Ibrohim mudroq koʻzlarini ochdi: uchqunlar soʻngan, akasi bilan kennoyisi ham yoʻq. Olov oʻtinlarni yamlab tugatay deyapti. Ibrohim gulxanni kosov bilan kavlab, gʻoʻlacha tashladi. -Odamlarga nimalar boʻlyapti, oʻzi? - deb oʻyladi u. - Bir qorindan tushgan ogʻa-inilar bir hovliga sigʻmasa? Toʻgʻri, hovli nima ekan, dunyo ham torlik qiladigan yuragi tor bandalar ham bor. Aka-uka shahzodalar taxt talashishib, qancha-qancha begunoh qonlarni toʻkishdi-yu, baribir dunyoga ustun boʻla olmay, lahaddagi bitta guvalaga erishishdan boshqa chora topishmadi. Odamlar nima uchun oʻshalardan ibrat olishmas ekan? Nuh alayhissalomning bittagina chaylalari bor ekan. Chayla ixchamligidan oyoqlarining uchi tashqariga chiqib turarkan. Umrlari adogʻiga yetib, Azroil alayhissalom jon olgani tashrif buyurganlarida Nuh alayhissalom Allohga munojot qilib: “Ey yaratgan Tangrim, menga ming yil umr beruvding, bu ming yilning bunchalik tez oʻtishini bilganimda ovora boʻlib shu chaylani qurib yurmasidim”, degan ekanlar. Endi qanday zamon boʻldi? Vaqtida oʻn-oʻn ikki bola chakka oʻtib turgan bitta uyda katta boʻlishadi- yu, ulgʻayishganidan keyin dangʻillama uylarga, hovlilarga sigʻmay qolishadi. Bu nimadan? Manmanlikdanmi? Noshukurlikdanmi yo toʻqlikka shoʻxlikdanmi? Odamlarning yuraklari bunchalik tor boʻlib ketmasa?.. Ibrohim xayolida uygʻongan savollarga javob topolmay anchagacha oʻtirdi.U “yara madda olmay” jiyanlari huzuriga borib kelishni niyat qilgan edi. Ammo yaraning allaqachon yiringlab ketganidan bexabar edi. Oʻgʻlining Sherbuloqqa borib kelganini eshitgan Toʻlqinning koʻngli sal yorishdi. Aslida amakisini yoʻqlab, maslahatini olishni anchadan beri niyat qilib yurardi. Ishlarga berilib, bu ziyoratni hadeb orqaga surayotgan edi. Bu ishni oʻgʻli osongina amalga oshirib qoʻya qolibdi. “Vaqt yoʻq” degan bahona koʻp odamning oyoq-qoʻllariga kishan boʻlib tushgan. Lekin kishanning kaliti oʻz qoʻllarida. Qulfni ochib, chiqib ketishlari mumkin, biroq, ularga shu kishan hukmida umr oʻtkazish ma’qulroq. Uzoq vaqt koʻrishmagan qarindoshi yoki doʻstini uchratganda esa bu kishan azoblaridan zorlanadilar. Allaqancha vaqtlarini behuda sarflab yurganlarini esa tan olgilari kelmaydi. Toʻlqin oʻylab qarasa, amakisini koʻrmaganiga bir yildan oshibdi. Oʻtgan yili nevara toʻyi qilganida borgan edi. Shundan keyin amakisi ikki marta kelibdi. Toʻlqin uyda yoʻq edi, togʻdan koʻtarib kelgan mevalarni tashlab, salom deb ketibdi. Uzum-olmalarni tatib koʻrayotganida “erta-indin albatta borib kelaman”, deb ahd qilganicha yuraverdi. Oʻgʻli esa bir kunlik oʻqishidan voz kechib, borib kelibdi. Agar u ertalab “Ada, opokdadamni koʻrib kelsam maylimi?”- deb ruxsat soʻraganida bir kunlik oʻqishni afzal koʻruvchi ota-onasidan rad javob olishi tayin edi. Hech kimdan soʻramasdan borib keldi. Oʻqishga bormagani uchun komandiridan dakki eshitgandir, lekin osmon uzilib yerga tushgani yoʻq. Toʻlqin ham ishlarini yarim kunga nari surib borib kelsa boʻlardi. Bu vaqt ichida olamni oʻgʻriyu kallakesarlar bosib ketmasdi... Shularni oʻylagan Toʻlqin oʻgʻli oldida izza boʻldi. Ham bu hijolatlik, ham oʻgʻlining haqiqatni tik aytishi uning tinchini oldi. Ayvon derazalari ochiq boʻlsa-da, havo yetishmaganday tuyuldi. Ona-bolani televizor qarshisida yolgʻiz qoldirib, tashqariga chiqdi. Koʻpdan beri foydalanilmay chiriy boshlagan yogʻoch soʻriga oʻtirdi. Buni koʻrgan Robiya chaqqonlik bilan turib, eriga koʻrpacha olib chiqdi-da, toʻshadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling