I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 79 library.ziyonet.uz/ Munisaning koʻzlari. Agar Salohiddin boʻlmaganda bu gaplar koʻz qarashi bilan ifoda etilmay iblis yordamida tilga koʻchar va almisoqdan qolgan boshqa gaplarni ham kavlab yuzaga chiqarardi. Munisa Salohiddinni quchoqlab peshonasidan oʻpdi, hol-ahvol soʻradi. Ibrohim esa unga qaramay palovning tadorigini koʻra boshladi. Toʻlqin uydan chiqib, yana ishxonasiga qaytib borishga bordi-yu, ammo oʻtirgisi kelmadi. Shom qorongʻusi tushganida ketmoqchi edi, boshliq chaqirtirib, prokuraturada boʻlgan gapni surishtirdi. Toʻlqin suhbatni bayon qilgach, ta’tilga chiqib, dam olishga ruxsat soʻradi. -Isomovaning “Ish”i hali ham oxiriga yetgani yoʻq. Yigitlarga yordam bering, shu ish bir yoqlik boʻlsin, keyin ikkalamiz baravar dam olishga chiqib kelamiz, - dedi boshliq. Toʻlqin Koʻrqmas yuritayotgan ishga aralashgisi yoʻq edi. Agar hozir bu haqda fikr bildirsa, albatta boshliq uni maydakashlikda ayblardi. “Kengroq boʻling, yoshlarning kamchiligiga osilmang, aksincha, yordam bering”, deganga oʻxshash nasihatlarni qalashtirib tashlardi. Shu bois topshiriqni qabul qilib, xonasiga qaytdi. Biroq, Qoʻrqmasni chaqirishga, “Ish” bilan tanishishga xushi boʻlmay, tashqariga chiqdi. Koʻchada maqsadsiz ravishda bir oz yurgach, uyiga ketdi. Robiya erini xursandchilik bilan qarshiladi. Toʻlqin uning quvonchini haydab, tashvish toʻzoniga burkashni istamadi. Hatto “oʻgʻling kelmadimi?”deb ham soʻramadi. Bahriddindan kelgan quvonchli xabardan mast Robiya tongni yaxshi kayfiyat bilan qarshiladi. Toʻngʻich oʻgʻli tashvishida boʻlgan Toʻlqin esa tunni azoblar chigʻirigʻi ostida oʻtkazdi. Nazarida bu tun unga yaldo kechasidan ham uzunroq boʻlib tuyuldi. Nonushta qilgisi kelmasa ham, xotinining koʻngli uchun ikki piyola choy ichdi. Roʻparadagi ayvonda jonlanish sezilmay turib, ishiga shoshildi. Ishga shoshish bahona edi, toʻgʻri Akademiyaga bordi. Navbatchiga uchrashmay, biron tanish uchrab qolar, degan umidda chetda qarab turganida bir yigit kelib salom berdi. Toʻlqin uni tanisa-da: -Salohiddin bilan birga oʻqiysizmi? - deb soʻradi. -Ha, - dedi yigit. - Oʻgʻlingizni chaqirib beraymi? -Shu yerdamikin, uni bugun koʻrdingizmi? -Bugun koʻrmadim. Xolam qaytish qilib, qishloqqa ketuvdim. Endi kelyapman. Yigit shunday deb ichkari kirib ketdi. Sal oʻtmay chiqib, Salohiddinning viloyat militsiyasida amaliyotda ekanini, kecha shoshqich ravishda Begovotga yuborilganini ma’lum qildi. Toʻlqin bu gapga darrov ishongisi keldi. Lekin kasbida odat boʻlib qolgan qarashi bilan yigitning koʻzlariga tikildi. Bu yerdagilar beruhsat chiqib ketgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling