I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
94 
library.ziyonet.uz/ 
 
yoʻq-ku? Jasur oʻrtogʻing “ukangiz ilmga xiyonat qildi”, devdi. Shu gapini oʻylab koʻr. 
Xudo bergan qobiliyatingga xiyonat qilsang, biring baribir ikki boʻlmaydi. 
 
-Aka, qanday yashashni oʻzimga qoʻyib bering. Siz mening hayotimga aralashmang, men 
siznikiga aralashmay. Shunda ikkalamizga ham yaxshi boʻladi. 
 
-Men aytdim-qoʻydim. Qoʻlingdan yetaklab yuradigan yoshdan oʻtgansan. Ha, senga bir 
narsani aytib qoʻyay: qoʻyxonani buzishga unamading, unda adamning xonalarini 
boʻshatib qoʻy, boʻyab-oqlab qoʻyaman. 
 
Astoydil hujumni davom ettirish qasdidagi Sattorga bu qaror kutilmagan zarba boʻldi: 
 
-Nega? 
 
-Aytuvdim-ku, Bahriddinga ijodxona kerak. 
 
-Yaxshi, oʻsha xona sizga boʻla qolsin. Lekin avval ishimizni toʻgʻirlab berasiz. 
 
-Aka-ukaning oqibati ham savdo-sotiq bilan bitadigan boʻlibdi-da? 
 
-Bu savdo-sotiq emas. Sanjar degan bola tuhmat bilan ushlab turilgan ekan. Agar shuning 
ishini toʻgʻirlab bersangiz, otasi bizning ishimizni toʻgʻirlarkan. 
 
-Ishlar zoʻr-ku!-dedi Toʻlqin barmoqlari orasidagi sigaret qoldigʻini jahl bilan yerga 
tashlab. - Senga ham yoʻl topishibdi-da! Hozirgina oʻzing bir-birimizning hayotimizga 
aralashmaylik, devding. Shartni birinchi boʻlib oʻzing buzyapsan. Oʻsha vallomatingga 
aytib qoʻy, uka, oʻlgan otasini tiriltirib olishi mumkin, lekin oʻgʻlini qamoqdan qutqarib 
qololmaydi. 
 
-Shunaqami? Boʻpti! Endi mening yelkamda gunoh yoʻq. Endi ora ochiq! 
 
Sattor shunday dedi-da, uyi tomon yurdi. Zinaga yetganida oʻgirilib qaradi: 
 
-Tinchgina yuzkoʻrmas boʻlib ketaqolaylik. Hovlini sotaylikda ikkalamiz ikki tomonga 
ketaylik! 
 
Bu gap gurziga aylandi-yu, Toʻlqinning koʻzlaridan olov uchqunlari sachraganday boʻldi. 
 
Bu gap iblisga moydek yoqib, nogʻorasini avj pardaga koʻtardi. 
 
Qiya ochiq derazadan aka-uka mashmasini jon qulogʻi bilan tinglayotgan Obodxon 
chehrasiga bu gap mamnunlik shabadasini ufurdi. 
 
Toʻlqin bir zumgina qotib turdi-da, soʻng ukasiga yaqinlashib, yoqasidan oldi. 
 
-Nima deyayotganingni bilyapsanmi!-dedi xirqiroq ovozda. - Uyni sotasanmi?! Bilib 
qoʻy bola: men bu uyni sotguncha koʻchalarda xor boʻlib yashashni afzal bilaman. Bu 
uyda sening ham mening ham haqqim yoʻq. Buni adam bilan oyim qurishgan. Biz bu 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling